Toshkent shahrida “Yo‘lovchi poyezdlarini ta’mirlash” hududida 1 dona cho‘l burgutini tutqunlikda saqlanayotganlar aniqlandi, deya xabar qildi shahar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi.

Boshqarma bu bo‘yicha kelib tushgan murojaatga asosan, o‘rganish olib borgan. Holat Toshkent hayvonot bog‘i mutaxassislari ko‘magida bartaraf etilib, burgut hayvonot bog‘iga olib ketilgan.

Burgutni noqonuniy saqlaganlarga nisbatan esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 90-moddasiga (hayvonot dunyosidan foydalanish qoidalarini buzish) muvofiq bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari miqdorida ya’ni 4 950 000 so‘m jarima qo‘llanildi.