HAMASning Isroil janubidagi hujumlari natijasida besh nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi. Ular o‘tgan asrning 90-yillarida repatriatsiya dasturi bo‘yicha Isroilga ko‘chib kelgan va O‘zbekistonning amaldagi pasportiga ega bo‘lmagan.

Bu haqda O‘zbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroil TIV hujumlar natijasida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘lgani va yana to‘rt nafarining bedarak yo‘qolganligi haqidagi xabariga javoban murojaatida aytiladi.

Diplomatik missiya o‘z xabarida Isroil Tashqi ishlar vazirligi va politsiya ma’lumotlariga tayangan.

Elchixona OAV va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilaridan “bo‘lib o‘tayotgan voqealar ko‘lami va urush harakatlari haqida noto‘g‘ri qarashlar paydo bo‘lishining oldini olish maqsadida ma’lumotlarni chop ettirishdan oldin ularni ishonchli manbalardan, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining Isroildagi elchixonasi orqali qayta tekshirishni” so‘radi.

“Gazeta.uz” Isroil Tashqi ishlar vazirligiga tayanib xabarni chop etishdan avval izoh olish uchun O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati bilan bog‘langan edi. TIV O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi murojaatini tarqatdi.