Uzbekistan Airways 60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan katta ayollarga 25 foizli chegirma e’lon qildi.

Chegirma 1-noyabrdan boshlab 30-noyabrga qadar amalga oshiriladigan barcha ichki aviaqatnovlarning ekonom-klassi uchun (K-klass va undan yuqori) taqdim etiladi.

Chegirmali aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales filiali yoki O‘zbekistonda joylashgan aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin. Aviachipta sotib olayotganda pasport yoki ID karta talab etiladi.