Toshkent shahrida Milliy gvardiya xodimi o‘zini o‘zi otib qo‘ydi. Ma’lumotni Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov “Gazeta.uz”ga tasdiqladi.

Voqea 17-oktabr kuni sodir bo‘lgan. U o‘z joniga nima uchun qasd qilgani ma’lum emas.

Holat yuzasidan Toshkent harbiy prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.