Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi doirasida Global investitsiya forumi hamda uning ko‘rgazmasi o‘tkazildi, deya xabar bermoqda unda qatnashayotgan “Gazeta.uz” muxbiri.

Forum ochilishida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri Aziz Abduhakimov va UNWTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili nutq so‘zladi.

O‘zbekiston vakilining so‘zlariga ko‘ra, dunyoning 100 ga yaqin davlati uchun viza rejimi soddalashtirilgani tufayli mamlakatga kelayotgan xorijiy sayyohlar soni har yili 30−40 foizga oshib bormoqda. 2022-yilda 5,2 million sayyoh tashrif buyurgan bo‘lsa, 2023-yilning dastlabki uch choragida 7 mln sayyoh qabul qilingan.

“2024-yilda 10 million xorijlik sayyoh kelishi kutilmoqda. Mustaqil xalqaro tashkilotlar turizmni rivojlantirish holatini barqaror deb baholamoqda. Biz yangi rag‘batlantirish mexanizmlarini yaratish, innovatsion startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va turizm ta’limiga sarmoya kiritish orqali turizm xizmatlari sifatini oshirish tarafdorimiz”, — dedi Aziz Abduhakimov.

Ma’lumot o‘rnida, bundan oldin turizm yo‘nalishiga rahbarlik qilgan sobiq madaniyat va turizm vaziri (hozirda madaniyat vaziri) Ozodbek Nazarbekov shu yilning iyul oyida 2022-yil oxirigacha mamlakatga 10 mln xorijiy sayyoh kelishi, shuningdek, 20 mln mahalliy aholi sayohatlari tashkil etilishini ma’lum qilgandi. Rasmiy statistika bo‘yicha esa shu yilning 6 oyida 3,1 mln, 7 oyida esa atigi 3,7 mln sayyoh tashrif buyurgan.

unwto, азиз абдуҳакимов, глобал investitsiya forumi, turizm, экспомарказ

Forum doirasida “Ekspomarkaz”da tashkil etilgan ko‘rgazmada O‘zbekiston hududlarining mavjud turistik-investitsion salohiyati, 3 ta turistik-rekreatsion zona (Zomin, Chorvoq, Chimyon), Markaziy Osiyo davlatlari (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston) stendlari tashkil etilgan.

Shuningdek, 4 ta startap loyihalar (Yaponiya, Chexiya, Fransiya va Braziliya) va Turizm qo‘mitasi, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, Uzbekistan airports AJ va Uzbekistan helicopters MCHJlarining ko‘rgazmalari joy olgan.

Ta’kidlanishicha, mazkur forumda umumiy qiymati 3 mlrd dollarlik investitsiya loyihalari taqdim etilmoqda.

Foto

unwto, азиз абдуҳакимов, глобал investitsiya forumi, turizm, экспомарказ

unwto, азиз абдуҳакимов, глобал investitsiya forumi, turizm, экспомарказ
Ko‘rgazma doirasida xorij kompaniyalardan biri bilan uchrashuv o‘tkazayotgan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev.
unwto, азиз абдуҳакимов, глобал investitsiya forumi, turizm, экспомарказ
Tadbirda yurgan viloyat hokimlari: o‘ngda Surxondaryo hokimi Ulug‘bek Qosimov, chapda Samarqand hokimi Erkinjon Turdimov.

unwto, азиз абдуҳакимов, глобал investitsiya forumi, turizm, экспомарказ
Ko‘rgazma doirasida xorij kompaniyalardan biri bilan uchrashuv o‘tkazayotgan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov.

unwto, азиз абдуҳакимов, глобал investitsiya forumi, turizm, экспомарказ

Eslatib o‘tamiz, 16−20-oktabr kuni Samarqand shahrida Butunjahon turizm tashkiloti (YUNVTO) Bosh assambleyasining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda. Sammit ochilishida prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zlab, Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqish hamda sohani rivojlantirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surgan.

Avvalroq davlat rahbari O‘zbekistonga sayyohlarni ko‘paytirish masalalari bo‘yicha yig‘ilishda bu borada yaqin xorij va Xitoy katta salohiyatga egaligini ta’kidlagan. Madaniy tadbirlarni ko‘paytirish, filmlar suratga olish, turizm obyektlarida tozalik, xushmuomalalikni targ‘ib qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.