Jamiyat

Samarqandda totalizatorda katta miqdorda pul yutqazgan 18 yoshli yigit o‘z joniga qasd qildi
8 iyul 2021, 11:19

Samarqandda totalizatorda katta miqdorda pul yutqazgan 18 yoshli yigit o‘z joniga qasd qildi

Samarqandlik 18 yoshli bola totalizatorda katta miqdorda pul yutqazib, qarz bo‘lib qolganligi uchun o‘z joniga qasd qilganligi aytilmoqda. Ushbu holat Daryo muxbirining Bosh prokuraturaga murojaatidan keyin aniqlanib, tergovga qadar tekshirish ishlari boshlandi.

O‘zbekistonda 6 oy ichida qariyb 19,5 mingta ajrim qayd etilgan
8 iyul 2021, 10:15

O‘zbekistonda 6 oy ichida qariyb 19,5 mingta ajrim qayd etilgan

Yanvar-iyun oylarida respublika bo‘ylab 19 ming 406 ta ajrim holatlari qayd etilgan. Hududlar bo‘yicha eng ko‘p ajrim Toshkent shahri, Farg‘ona hamda Samarqand viloyatlarida qayd etilgan.

7 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
7 iyul 2021, 21:56

7 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Bir qator davlat idoralarining rahbariyatidagi o‘zgarishlar, yangi telekanalning ish boshlashi, metro bekatlarida svet o‘chishi, Komil Allamjonovning Saida Mirziyoyeva va Gulnora Karimovani taqqoslash haqidagi fikri — «Gazeta.uz»ning 7 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Maktabgacha ta’lim vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
7 iyul 2021, 21:22

Maktabgacha ta’lim vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Nodir Muslitdinov maktabgacha ta’lim vazirining yangi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Buzilishini kutayotgan mahalla Nodira Sulaymonova obyektivida
7 iyul 2021, 16:00

Buzilishini kutayotgan mahalla Nodira Sulaymonova obyektivida

Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida 5 yildan buyon buzilishini kutib yashayotgan mahalla hikoyasi Nodira Sulaymonova fotosuratlarida.

Toshkent elektr ta’minotidagi nosozlik sabab 3 ta metro bekatida svet o‘chdi
7 iyul 2021, 15:20

Toshkent elektr ta’minotidagi nosozlik sabab 3 ta metro bekatida svet o‘chdi

7 iyul kuni Toshkent shahar elektor taminoti tizimida yuzaga kelgan nosozlik sababli metropolitenining “Chilonzor”, “Yunusobod”, “O‘zbekiston” yo‘nalishlaridagi bekatlarida svet o‘chdi. Ma’lum qilinishicha, bu holatda poyezdlar harakati to‘xtamagan.

Yaqin kunlarda shamol va chang bo‘ronlarining kuchayishi kutilmoqda
7 iyul 2021, 14:34

Yaqin kunlarda shamol va chang bo‘ronlarining kuchayishi kutilmoqda

8−10 iyul kunlari butun O‘zbekiston bo‘ylab shamol 20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zi joylarda changli bo‘ron bilan 25−30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

«Hidoyat sari» ilmiy-ma’rifiy telekanali ish boshladi
7 iyul 2021, 14:25

«Hidoyat sari» ilmiy-ma’rifiy telekanali ish boshladi

MTRK raqamli platformasida internet orqali efirga uzatiladigan «Hidoyat sari» ilmiy-ma’rifiy telekanali ishga tushirildi. Telekanalda «diniy ilmiy ekspertizadan o‘tgan, turli talqinga o‘rin bermaydigan darajada ishonchli ma’lumotlarga asoslangan» ko‘rsatuvlar va suhbatlar namoyish etiladi.

Samarqand va Surxondaryoda sodir bo‘lgan uchta YTH oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi
7 iyul 2021, 14:21

Samarqand va Surxondaryoda sodir bo‘lgan uchta YTH oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi

Samarqand viloyatida 5−6 iyul kunlari odam o‘limi bilan sodir bo‘lgan ikkita YTH ro‘y berdi. Toyloq tumanida Spark yuqori tezlikda beton to‘siqqa urilib ketdi va oqibatda haydovchi vafot etdi. Oqdaryo tumanida Lada Largus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Surxondaryoda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida Cobalt qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, yuk mashinasiga urilib ketdi va haydovchi halok bo‘ldi.

Qashqadaryoda 17 yoshli futbolchi cho‘kib ketib, vafot etdi
7 iyul 2021, 13:02

Qashqadaryoda 17 yoshli futbolchi cho‘kib ketib, vafot etdi

Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanida 17 yoshli futbolchi cho‘kib ketdi. Asadbek To‘rayev «Qamashi» futbol klubi bilan birgalikda DXX raisi kubogida chempion bo‘lgan edi.

Akmal Farm dorilarni yetkazib berish xizmatini taqdim etdi
7 iyul 2021, 13:00

Akmal Farm dorilarni yetkazib berish xizmatini taqdim etdi

Toshkentda dori-darmonlarni yetkazib berish uchun Pharm Express xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.

Vaksinalar haqidagi keng tarqalgan feyk xabarlar va noto‘g‘ri farazlar
7 iyul 2021, 11:09

Vaksinalar haqidagi keng tarqalgan feyk xabarlar va noto‘g‘ri farazlar

Koronavirus pandemiyasi boshlangandan buyon ushbu kasallik to‘g‘risida ham, unga qarshi ishlab chiqarilgan vaksina haqida ham turli xil uydirma va ilmiy asosga ega bo‘lmagan yolg‘on xabar va ma’lumotlar tarqalib kelmoqda. «Vaksina bilan birgalikda odamlarga kuzatuv mikrochiplari joylashtirilishi», «kasallikdan tuzalgandan so‘ng emlanish shart emasligi», shular jumlasidan. Vaksina haqidagi eng mashhur feyklar va noto‘g‘ri farazlar haqida «Gazeta.uz» maqolasida.

6 iyul kuni 195 kishida pnevmoniya aniqlandi
7 iyul 2021, 10:30

6 iyul kuni 195 kishida pnevmoniya aniqlandi

Seshanba kuni O‘zbekistonda 471 nafar fuqaroda koronavirus, 195 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 4 nafar koronavirus bemori vafot etdi.

Talabalar uchun Prezident granti joriy etildi
7 iyul 2021, 10:09

Talabalar uchun Prezident granti joriy etildi

2021−2022 o‘quv yilidan OTMga kirish imtihonida eng yuqori ball to‘plagan 200 nafar abiuturiyent uchun prezident granti joriy etildi. Grant sohiblari davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi. O‘qish davomida grantni olish uchun barcha fanlardan «a’lo» baho olish kerak bo‘ladi. O‘qish yakuniga qadar Prezident grantini olganlar magistraturaga imtihonlarsiz davlat granti asosida qabul qilinadi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» 899 mln so‘mlik qurilish materiallari talon-toroj qilinganini rad etdi
7 iyul 2021, 07:48

«O‘zbekiston temir yo‘llari» 899 mln so‘mlik qurilish materiallari talon-toroj qilinganini rad etdi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» yer usti metrosi qurilishida byudjet mablag‘lari talon-toroj qilingani haqidagi xabarlarni rad etdi. Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, noma’lum shaxslar 899 mln so‘mlik kabel mahsulotlarini o‘g‘rilagan. Avvalroq transport prokurori Ma’rufjon Xodjayev transport prokurori Ma’rufjon Xo‘jayev xuddi shuncha miqdordagi talon-torojliklar haqida ma’lum qilgan edi.

6 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
6 iyul 2021, 22:25

6 iyul kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Prezidentning yangi qarorlari, Toshkentdagi radar va kameralar ro‘yxati, Surxondaryoda 109 tup qimmatbaho daraxtlar ruxsatnomasiz kesib tashlanishi, Nurmat Otabekovning koronavirusga qarshi emlash to‘g‘risidagi fikri — “Gazeta.uz"ning 6 iyuldagi eng muhim xabarlari dayjestida.

«Cheklovlar ko‘pincha «orqasi»da hech kimi yo‘q, oddiy fuqarolar uchun ishlatildi» — deputat karantin choralari kuchaytirilishi haqida
6 iyul 2021, 20:45

«Cheklovlar ko‘pincha «orqasi»da hech kimi yo‘q, oddiy fuqarolar uchun ishlatildi» — deputat karantin choralari kuchaytirilishi haqida

Deputat Rasul Kusherbayevning fikricha, karantin choralarining kuchaytirilishi amalda katta natija bermaydi, aksincha, aholining hukumat va huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan noroziligini oshirishi mumkin. U ham koronavirusga qarshi emlashni majburiylikka o‘tkazish kerakligini ta’kidladi.

Surxondaryoda 109 tup qimmatbaho daraxtlar ruxsatnomasiz kesib tashlandi
6 iyul 2021, 18:25

Surxondaryoda 109 tup qimmatbaho daraxtlar ruxsatnomasiz kesib tashlandi

Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 109 tup qimmatbaho daraxtlarni ruxsatnomasiz kesib tashlanganligi aniqlandi. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, 2 mln 245 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi. O‘simlik dunyosiga 329 mln 157 ming 500 so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Iyunda temir yo‘lni to‘sib qo‘ygan chiroqchiliklar 15 sutkaga qamaldi
6 iyul 2021, 15:21

Iyunda temir yo‘lni to‘sib qo‘ygan chiroqchiliklar 15 sutkaga qamaldi

Qashqadaryoning Chiroqchi tumani «Ayratom» qishlog‘ida iyun oyida energiya ta’minoti muammolariga e’tiborni jalb qilish uchun Toshkent-Qarshi temir yo‘lini to‘sib qo‘ygan to‘qqiz fuqaro 15 kunga hibsga olindi.

YHXBB Toshkentdagi radar va kameralar ro‘yxatini e’lon qildi (ro‘yxat)
6 iyul 2021, 14:59

YHXBB Toshkentdagi radar va kameralar ro‘yxatini e’lon qildi (ro‘yxat)

Toshkent ko‘chalarida 28 ta fotoradar, shuningdek, yo‘l harakati qoidalarini buzishni qayd etuvchi 89 ta intellektual kamera ishlamoqda, deya xabar berdi YHXBB.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting