Akmal Jumanazarov O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqdagi qarorni Shavkat Mirziyoyev imzoladi, deb xabar bermoqda davlat rahbari matbuot kotibi Sherzod Asadov.

Tayinlov munosabati bilan Akmal Jumanazarov energetika vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Eslatib o‘tamiz, u 2023-yilning fevral oyida prezident qarori bilan energetika vazirining elektr energetikasi va ko‘mir sanoati masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

Unga qadar Vazirlar Mahkamasi Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamentining boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Texnik jihatdan tartibga solish agentligining sobiq rahbari Dilshod Sattarov (bu lavozimda 2018-yil avgust oyidan beri ishlab kelayotgandi) yanvar oyida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda prezident tomonidan lavozimidan ozod etilgan edi. Shavkat Mirziyoyev o‘shanda O‘zbekiston sertifikatlarini tan olish bo‘yicha hali biror davlat bilan kelishuvga erishilmaganini ta’kidlagan.