26-fevral kuni Shavkat Mirziyoyevga prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan axborot berildi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, unda mudofaa vaziri qo‘yilgan vazifalar bajarilishi va qo‘shinlarning жангоvaр shayligini va qobiliyatini oshirish, ularni zamonaviy qurol-aslaha va harbiy texnika bilan ta’minlash, serjantlar korpusining faoliyatini takomillashtirish va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida hisobot berdi.

“Xususan, qisqa vaqt ichida qo‘shinlarning jangovar shayligini oshirish va harbiy xizmatchilarni tayyorlash, harbiy qismlar va bo‘linmalarda harbiy intizomni mustahkamlashga doir normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshirildi”, — deyiladi xabarda.

Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov. Foto: Prezident matbuot xizmati.Mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov. Foto: Prezident matbuot xizmati.

Prezident qo‘shinlar faoliyatini raqamlashtirish vazifalariga e’tibor qaratib, ularni boshqarishning zamonaviy avtomatlashtirilgan tizimlarini bosqichma-bosqich joriy etish hamda aloqa tizimini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Qurolli kuchlar tuzilmasini takomillashtirish, milliy armiyani zamonaviy qurol-aslahalar va harbiy-texnik vositalar bilan ta’minlash hamda mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish zarurligini ta’kidladi.

Davlat rahbari sohani takomillashtirish va mamlakatning mudofaa qobiliyatini oshirish yuzasidan qo‘shimcha topshiriqlar berdi.