Begisbay Jumabayevich Temirbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi madaniyat vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Jo‘qorg‘i Kenges matbuot xizmati ma’lum qildi.

Yangi vazir shu paytgacha mazkur lavozimda ishlagan Qalbay Turdiyevning o‘rnini egalladi.

Begisbay Temirbayev shu kungacha “Ayqulash” Qoraqalpoq davlat milliy folklor ansambli direktori lavozimida ishlab kelgan.