Siyosat

BMT bosh kotibi Vladimir Putinga murojaat qilib, Rossiya qo‘shinlarini Ukraina chegarasidan olib ketishni so‘radi
24 fevral 2022, 10:21

BMT bosh kotibi Vladimir Putinga murojaat qilib, Rossiya qo‘shinlarini Ukraina chegarasidan olib ketishni so‘radi

24 fevralga o‘tar kechasi BMT xavfsizlik kengashi Ukraina atrofidagi mojarolarga bag‘ishlangan yig‘ilishni chaqirdi. BMT bosh kotibi o‘z chiqishida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni Ukrainaga bostirib kirishni to‘xtatishni, «tinchlikka imkon berishini» so‘ragan va tinchlik o‘rnatishga chaqirgan.

1 martdan O‘zbekistonda niqob taqish majburiyati bekor qilinadi
23 fevral 2022, 20:52

1 martdan O‘zbekistonda niqob taqish majburiyati bekor qilinadi

Chorshanba kuni Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida 1 martdan e’tiboran O‘zbekistonda niqob taqib yurish majburiyati talabi bekor qilindi. «Chunki mana viloyatlarda ham defakto hech kim niqob taqmay qo‘ydi», — dedi bosh vazir Abdulla Aripov. Qolaversa, jamoat transporti, bozorlar, ta’lim muassasalari, teatr, muzeylar, masjidlarda niqob taqish tavsiyaviy xarakterga ega bo‘ladi.

Markaziy Osiyo davlatlari va YeI Afg‘oniston hokimiyatini tan olish bo‘yicha birgalikda qaror qiladi — Ismatulla Irgashev
23 fevral 2022, 17:24

Markaziy Osiyo davlatlari va YeI Afg‘oniston hokimiyatini tan olish bo‘yicha birgalikda qaror qiladi — Ismatulla Irgashev

Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi Afg‘oniston muammosiga, xususan, mamlakatning muvaqqat hukumatini tan olish bo‘yicha umumiy yondashuv bo‘lishiga kelishib oldi, dedi Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil Ismatulla Irgashev. Ammo hozircha bu borada hech qanday qaror yo‘q.

MO va YeI maxsus vakillari Toshkentda Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildilar
23 fevral 2022, 17:02

MO va YeI maxsus vakillari Toshkentda Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildilar

Afg‘onistonda inklyuziv siyosiy jarayonni qo‘llab-quvvatlash uchun mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash muhim ahamiyatga ega. Bu haqda Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakillari konferensiyasi yakuniy bayonotida aytiladi.

«Termiz — Mozori-Sharif — Qobul — Peshovar» trans-afg‘on temir yo‘lini qurish ishlari tezlashtiriladi
23 fevral 2022, 14:58

«Termiz — Mozori-Sharif — Qobul — Peshovar» trans-afg‘on temir yo‘lini qurish ishlari tezlashtiriladi

Bosh vazir o‘rinbosari Sardor Umurzoqov Qobulda «Tolibon» rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Unda Afg‘oniston orqali o‘tayotgan transport vositalari va yuklar harakatlanishi uchun o‘zaro maqbul sharoitlarni ishlab chiqishga kelishilgan. Afg‘on tomoni O‘zbekistonning Afg‘onistonda mintaqa davlatlarining transport va tranzit salohiyatini oshirishga qaratilgan qo‘shma infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirgan.

Prezident Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi
23 fevral 2022, 11:16

Prezident Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi

Chorshanba kuni Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga jo‘nab ketdi, bu safar uning tashrifi 3 kun davom etadi. Birinchi raqamli bort esa ilk bor Toshkentdan Mo‘ynoqqa qo‘nadi.

O‘zbekiston o‘z fuqarolari hibsga olingani sababli Qozog‘istonga nota yubordi
22 fevral 2022, 21:18

O‘zbekiston o‘z fuqarolari hibsga olingani sababli Qozog‘istonga nota yubordi

O‘zbekistonning Nur-Sultondagi elchixonasi yanvar oyidagi tartibsizliklardan keyin O‘zbekiston fuqarolarining hibsga olinishi munosabati bilan Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligiga nota yubordi.

Shavkat Mirziyoyev martda Pokistonga borishi kutilmoqda
22 fevral 2022, 19:15

Shavkat Mirziyoyev martda Pokistonga borishi kutilmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev mart oyida Pokistonga tashrif buyurishi kutilmoqda. Pokiston bosh vazirining maslahatchisi Abdul Razoq Dovudning so‘zlariga ko‘ra, tashrif chog‘ida ikki davlat o‘rtasida imtiyozli savdo to‘g‘risidagi kelishuv imzolanadi. Qolaversa, martdan Lahordan Toshkentga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish reja qilingan.

Qozog‘istondagi mitinglar sabab 14 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
22 fevral 2022, 17:57

Qozog‘istondagi mitinglar sabab 14 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi

Qozog‘istonda ro‘y bergan ommaviy tartibsizliklar sabab hibsga olinganlarning 18 nafarini xorij fuqarolari, shu jumladan 14 nafarini o‘zbekistonlik tashkil etmoqda, deb xabar berdi Qozog‘iston ombudsmani.

Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligining vazifalari belgilab berildi
22 fevral 2022, 09:44

Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Sportni rivojlantirish vazirligining vazifalari belgilab berildi

Turizm va sport vazirligi ikkiga ajratilishi farmonda turizm xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha ishlar samaradorligini tubdan oshirish va madaniy meros obyektlarini muhofaza qilishni kuchaytirish, shuningdek, aholini sport va sog‘lom turmush tarziga keng jalb etish hamda sportchilarni Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etishga puxta tayyorlash zaruriyati bilan izohlanadi. Shu bilan sport sohasida davlat siyosatini yurituvchi organ oltinchi marta qayta tashkil etilmoqda.

Rossiya DXR va LXR mustaqilligini tan oldi. Jahon hamjamiyatining munosabati
22 fevral 2022, 08:11

Rossiya DXR va LXR mustaqilligini tan oldi. Jahon hamjamiyatining munosabati

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donetsk xalq respublikasi va Lugansk xalq respublikasi mustaqilligini tan olish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Zelenskiy shu kecha qilgan videomurojaatida «Rossiyaning xatti-harakatlaridan qat’i nazar» xalqaro miqyosda tan olingan Ukraina chegaralari «shundayligicha qolishini» qayd etdi. Jahon hamjamiyati Rossiyaga qarshi sanksiyalar qo‘llash masalasini kun tartibiga qo‘ydi.

Firdavs Abduxoliqov manfaatlar to‘qnashuvi ishi bo‘yicha 8,1 mln so‘m jarimaga tortildi
21 fevral 2022, 18:47

Firdavs Abduxoliqov manfaatlar to‘qnashuvi ishi bo‘yicha 8,1 mln so‘m jarimaga tortildi

Sud Kinematografiya agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqovni o‘zining oila a’zolariga qarashli bo‘lgan Sevimli TV`ga davlat buyurtmalarini berganlikda aybli deb topdi. U maksimum jazoga — BHMning 30 baravari (8,1 mln so‘m) miqdorida jarimaga tortildi.

IIV rahbari o‘rinbosari qoidabuzar haydovchilarga ball berish tizimi nega 3 yil ilgari joriy qilinmaganiga izoh berdi
21 fevral 2022, 16:53

IIV rahbari o‘rinbosari qoidabuzar haydovchilarga ball berish tizimi nega 3 yil ilgari joriy qilinmaganiga izoh berdi

12 oy davomida haydovchining qoidabuzarligi uchun hisoblangan jarima ballari 12 balldan oshsa, uni haydovchilik huquqidan bir yilga mahrum etish rejalashtirilmoqda. Shundan so‘ng, haydovchi qayta imtihon topshirib, guvohnomani olishi mumkin bo‘ladi. Aslida, mazkur tartib 2018 yildayoq ishlab chiqilgan, biroq joriy etilmagandi. IIV rahbari o‘rinbosari Bekmurod Abdullayev «U paytda biz hali bunga tayyor bo‘lmagandirmiz, vaqti endi kelgandir», deb izoh berdi.

«Agar tashqi qarz bo‘lmaganida oylik ham, metro ham bo‘lmas edi» — prezident
19 fevral 2022, 23:24

«Agar tashqi qarz bo‘lmaganida oylik ham, metro ham bo‘lmas edi» — prezident

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston tashqi qarzni qonun nuqtai nazaridan olayotgani, qolaversa, shuning hisobiga ham oylik, ham metro bo‘layotganini ta’kidladi. «Shuncha tibbiyot xodimlari yoki muallimlarning oyliklari oshmas edi. O‘tiraverar edik oldingiga o‘xshab qarsak chalib, balandparvoz gap gapirib», — dedi prezident.

O‘zbekiston Vision Zero elementlarini hayotga tadbiq qilmoqchi
19 fevral 2022, 14:33

O‘zbekiston Vision Zero elementlarini hayotga tadbiq qilmoqchi

O‘zbekiston harakat xavfsizligini ta’minlash uchun 10 dan ortiq xorijiy davlat tajribasi, jumladan, Vision Zero strategiyasini hayotga tadbiq etmoqchi. IIV rahbari o‘rinbosari Bekmurod Abdullayevning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tajriba Farg‘ona viloyatida yaxshi natija bergan. Endilikda piyodalarga yo‘llarni kesib o‘tish uchun sharoit yaratish bilan birga qoida buzganlarini jazolash ham ko‘zda tutilmoqda. UNICEF hamkorligida esa bolalar uchun video va kitob shaklida qo‘llanmalar ishlab chiqiladi.

Kamilov va Blinken o‘zaro tabrik maktublarini almashdi
19 fevral 2022, 11:22

Kamilov va Blinken o‘zaro tabrik maktublarini almashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov va AQSh davlat kotibi Entoni Blinken ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘zaro qutlov maktublarini almashdi.

Sergelidagi 409 ta yog‘och uy buziladi — prezident
18 fevral 2022, 17:50

Sergelidagi 409 ta yog‘och uy buziladi — prezident

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Sputnik» mavzesidagi avariya holatiga kelib qolgan yog‘och uylar buzilib, ularning egalarini zamonaviy ko‘p qavatli turar joylarga ko‘chirish dasturi boshlanishini ma’lum qildi. Shuningdek, uy egasi ko‘chishni istamagan taqdirda, u ko‘chirilmasligi qo‘shimcha qilingan.

«Yetti o‘lchab bir kesib, marshrutlarni aniqlaymiz» — prezident Toshkentda tramvay harakatini tiklash haqida
18 fevral 2022, 17:17

«Yetti o‘lchab bir kesib, marshrutlarni aniqlaymiz» — prezident Toshkentda tramvay harakatini tiklash haqida

Shavkat Mirziyoyev bugun Yangihayot tumani faollari bilan uchrashuvda jamoat transporti, xususan, tramvay haqida so‘z ochgan. Davlat rahbari tramvayni xavfsiz, ekologik toza transport deb atab, uni Toshkentga qaytarish qarorini «adolatli» deya baholagan.

«Avvallari shahar markazidan Sergeliga taksi kelishi qiyin edi» — Shavkat Mirziyoyev
18 fevral 2022, 16:29

«Avvallari shahar markazidan Sergeliga taksi kelishi qiyin edi» — Shavkat Mirziyoyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev mahallalar hayoti, sanoat loyihalari bilan tanishish maqsadida Toshkent shahri Yangihayot tumaniga tashrif buyurdi. Davlat rahbari «Do‘stlik» mahallasida mahalla raisi, profilaktika inspektori, hokim yordamchisi hamda yoshlar bo‘yicha mas’ullar bilan suhbati davomida tumanni obod qilish kerakligini aytdi.

Zamonaviylashgan jamiyat taraqqiyotini alohida shaxslar emas, tizim ta’minlaydi — Sodiq Safoyev
18 fevral 2022, 15:21

Zamonaviylashgan jamiyat taraqqiyotini alohida shaxslar emas, tizim ta’minlaydi — Sodiq Safoyev

Senator Sodiq Safoyev Xalqaro munozara klubidagi chiqishida mamlakatni modernizatsiya qilishning belgilarini sanab o‘tdi. «Zamonaviylashgan jamiyat doimiy taraqqiyotni ta’minlovchi ichki mexanizmlarga ega. Bu alohida shaxsga emas, tizim ishlashiga bog‘liq», — dedi u.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting