O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji va aholi hayoti bilan tanishish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasiga jo‘nab ketdi. Bu haqda uning matbuot xizmati xabar berdi.

«Bu gal yangiliklar, o‘ziga xos jihatlar ko‘p. Xususan, birinchi raqamli bort ilk bor Toshkentdan Mo‘ynoqqa keladi», — deyiladi xabarda.

Tashrif ham uch kun bo‘ladi, ilgari bir yoki ikki kun davom etardi.