Siyosat

O‘zbekiston va Eron qo‘shma xavfsizlik komissiyasi tuzildi
11 mart 2022, 10:40

O‘zbekiston va Eron qo‘shma xavfsizlik komissiyasi tuzildi

Toshkentda O‘zbekiston va Eron xavfsizlik bo‘yicha qo‘shma komissiyasining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Komissiya tuzish to‘g‘risidagi hujjatni O‘zbekiston Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Mahmudov va Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Shamxoniy imzoladi.

«Yangi Namangan» shaharchasi qurilishining ikkinchi bosqichida 171 ta ko‘p qavatli uylar bunyod etiladi
10 mart 2022, 16:57

«Yangi Namangan» shaharchasi qurilishining ikkinchi bosqichida 171 ta ko‘p qavatli uylar bunyod etiladi

«Yangi Namangan» shaharchasi qurilishining ikkinchi bosqichida 20 ming xonadonga ega 171 ta ko‘p qavatli uy barpo etish rejalashtirilmoqda. Prezident uylarni zilzilaga bardoshliligi va sifatini ta’minlash, ularning loyihasi yuzasidan aholining fikrlarini tinglash bo‘yicha topshiriq berdi. Qolaversa, viloyatda «Yangi O‘zbekiston» bog‘ini qurish ishlari ham boshlab yuborilgani aytildi.

14 ta hudud rahbarlariga xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
10 mart 2022, 12:51

14 ta hudud rahbarlariga xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yangi o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekistonning barcha viloyatlari va Toshkent shahri hokimlariga yangi o‘rinbosarlar — viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshliqlari, qolaversa, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari — Qoraqalpog‘iston Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisi tayinlandi. Ularning barchasi xotin-qizlardan iborat.

AQSh O‘zbekistonga Ukraina va Afg‘onistonga yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirdi
10 mart 2022, 10:23

AQSh O‘zbekistonga Ukraina va Afg‘onistonga yordam bergani uchun minnatdorchilik bildirdi

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken O‘zbekistonga «Ukraina va Afg‘oniston xalqlariga ko‘rsatayotgan insonparvarlik yordami» uchun minnatdorchilik bildirdi. Abdulaziz Komilov bilan muzokaralarda ikki tomonlama munosabatlar, mintaqaviy xavfsizlik va C5+1 formatidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Otabek Fazilkarimov sog‘liqni saqlash vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi
10 mart 2022, 10:11

Otabek Fazilkarimov sog‘liqni saqlash vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi

Moliya vazirligi departament direktori Otabek Fazilkarimov sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Deputatlar Yo‘l harakatini tashkil etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda
9 mart 2022, 09:12

Deputatlar Yo‘l harakatini tashkil etish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda

Deputatlar yo‘llarda fuqarolar manfaatlarining ustuvorligini ta’minlash, ekologiyani muhofaza qilish, piyoda va velosiped harakatiga sharoit yaratishni nazarda tutuvchi «Yo‘l harakatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda. «Bundan buyon avtomobil haydashning o‘zi bo‘lmaydi. Mas’uliyat bir emas, o‘n baravar oshadi», — dedi Rasul Kusherbayev.

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi
8 mart 2022, 17:28

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi

Ozoda Parpibayeva Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Shuningdek, Ra’no Turdiboyeva va Nodira Egamberdiyeva qo‘mita raisining o‘rinbosarlari bo‘ldi.

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosarlari tayinlandi
8 mart 2022, 16:07

Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosarlari tayinlandi

Sodiqjon Turdiyev Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘ldi. Prezident administratsiyasi mas’ul xodimi Abdulla Tursunov va Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Muxtor Muhitdinovlar vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Ozoda Jurayeva uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari bo‘ldi
8 mart 2022, 10:19

Ozoda Jurayeva uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari bo‘ldi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Nazirjon Nazirov o‘z lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rniga Ozoda Jurayeva tayinlandi.

Ilk hokim yordamchisi tuman hokimi bo‘ldi
7 mart 2022, 12:28

Ilk hokim yordamchisi tuman hokimi bo‘ldi

«Madeli» ovul fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan Baxtiyar Menglibekov Mo‘ynoq tumaniga hokim bo‘ldi.

O‘zbekistonda «Olima ayollar jamiyati» tashkil etiladi
7 mart 2022, 11:27

O‘zbekistonda «Olima ayollar jamiyati» tashkil etiladi

Prezident dushanba kuni Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzurida «Olima ayollar jamiyati» tuzilishi va unga har yili 50 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishini ma’lum qildi. «Ilm-fan bilan shug‘ullanish, ilmiy yangilik yaratish — bu igna bilan quduq qazishga barobar», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Amanbay Orinbayev Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri etib tayinlandi
6 mart 2022, 17:13

Amanbay Orinbayev Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri etib tayinlandi

Polkovnik Orinbayev Amanbay Tleubayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar Amanbay Orinbayev IIV JXD Probatsiya xizmati boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

Migrantlarning qaramog‘idagi ayrim fuqarolarga 540 ming so‘mdan bir martalik yordam beriladi
5 mart 2022, 10:40 4

Migrantlarning qaramog‘idagi ayrim fuqarolarga 540 ming so‘mdan bir martalik yordam beriladi

Prezident qarori bilan boquvchisi xorijga ishlashga ketgan va «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» ro‘yxatida turgan fuqarolarga 540 ming so‘mdan bir martalik yordam beriladi. Ularning nogironligi bo‘lgan oila a’zolariga dori-darmon, nogironlik aravasi, eshitish apparati va ortopedik mahsulotlar xarid qilish uchun 1,3 mln so‘mdan yordam ham ko‘rsatiladi. Qolaversa, daftarlardan biriga kiritilgan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi bilan ishlashga ketganlarga 10 mln so‘mgacha mikroqarz taqdim etiladi.

Bir oyda talabalar turar joyi masalasida o‘zgarish qilmagan hokim va OTM rektori ishdan olinadi — prezident
5 mart 2022, 09:31

Bir oyda talabalar turar joyi masalasida o‘zgarish qilmagan hokim va OTM rektori ishdan olinadi — prezident

Prezident Andijon, Samarqand va Toshkent shahridan tashqari boshqa hududlarda talabalar uchun yotoqxona qurish ishlari boshlanmaganini tanqid qildi. Qolaversa, ijarada turuvchi talabalarga subsidiya berish uchun rektorlarga o‘tgan 2 oyda 24 mlrd so‘m berilgani, biroq, atigi 5 mlrd so‘m ishlatilgani aytildi. «Bir oy ichida o‘zgarish qilmagan hudud rahbari va oliygoh rektori ishdan olinadi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini O‘zbekistondagi OTMlarda davom ettirishi mumkin
4 mart 2022, 20:10

Ukrainadan qaytgan talabalar o‘qishini O‘zbekistondagi OTMlarda davom ettirishi mumkin

Prezident videoselektorda Ukrainadan evakuatsiya qilingan talabalar O‘zbekistondagi OTMlarda o‘qishini davom ettirishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilishini ma’lum qildi. «Ukraina oliygohlarida 370 dan ziyod yoshlarimiz ta’lim olmoqda va shundan 200 ga yaqini Vatanga qaytarildi. Qolganlarini ham yaqin 1 haftada qaytarish uchun barcha choralarni ko‘rayapmiz», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

«Barcha davlat tashkilotlarida talabalarning ishlashiga ruxsat beriladi» — prezident
4 mart 2022, 19:32 2

«Barcha davlat tashkilotlarida talabalarning ishlashiga ruxsat beriladi» — prezident

Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida bundan buyon barcha davlat tashkilotlari va muassasalarida talabalarning ishlashiga ruxsat berilishini ma’lum qildi. Markaziy bank tajribasi asosida Iqtisodiyot, Moliya, Qurilish, Energetika, Qishloq va Suv xo‘jaligi vazirliklari, soliq, kadastr idoralari 3−4 kurs talabalarni haq to‘lanadigan stajirovkaga jalb qiladi. Amaliyot yakunida ularga doimiy ish taklif qilinadi.

Talabalarni ishga joylashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tuziladi
4 mart 2022, 19:18 6

Talabalarni ishga joylashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tuziladi

Prezident videoselektor yig‘ilishida 100 mingga yaqin talaba ishlashni xohlashini, hozirgi kunda talabalar ishlashi mumkin bo‘lgan 105 mingta vakant ish o‘rni borligini aytdi. U talabalar bilan ishlamagani uchun hokim va rektorlarni tanqid qildi. Endi talabalarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha bosh vazir Abdulla Aripov boshchiligida Respublika komissiyasi tashkil etiladi.

Foto: Islomobodda Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon muzokaralar o‘tkazdi
4 mart 2022, 11:32

Foto: Islomobodda Shavkat Mirziyoyev va Imron Xon muzokaralar o‘tkazdi

Payshanba kuni Islomobodda bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunida O‘zbekiston prezidenti va Pokiston bosh vaziri Strategik sheriklik to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiyani, ikki davlat vazirlari esa 10 ga yaqin hujjatni imzoladi. Qolaversa, Shavkat Mirziyoyev Imron Xonga Urducha-o‘zbekcha mushtarak so‘zlar lug‘atini sovg‘a qildi. «Termiz — Mozori Sharif — Kobul — Peshovar» temir yo‘l mintaqalar qiyofasini butunlay o‘zgartirib yuborishini ta’kidlandi. Tashrifning birinchi kuni «Gazeta.uz» materialida.

Ukrainadagi Zaporojye atom elektr stansiyasi o‘qqa tutildi
4 mart 2022, 10:46

Ukrainadagi Zaporojye atom elektr stansiyasi o‘qqa tutildi

Yevropadagi eng yirik Zaporojye AESi hududi Rossiya qo‘shinlari tomonidan o‘qqa tutildi, atom elektr stansiyasi yaqinida yong‘in chiqdi. Stansiyaning asosiy jihozlariga zarar yetmagan. Ukraina prezidenti Yevropani “uyg‘onishga” chaqirdi. MAGATE mojaro tufayli yuzaga kelgan har qanday avariya jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi.

UNICEF Afg‘onistonga Termiz orqali $2,3 mlnlik gumanitar yordam yubordi
4 mart 2022, 10:13

UNICEF Afg‘onistonga Termiz orqali $2,3 mlnlik gumanitar yordam yubordi

UNICEF Surxondaryo viloyatidagi «Termez Cargo Centre» logistika markazidan og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan afg‘onistonlik oilalar uchun 16 ta yuk mashinasida 2,3 mln dollarlik insonparvarlik yordamini yubordi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting