Siyosat

O‘zbekiston Serra-Leone bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
29 aprel 2023, 15:09

O‘zbekiston Serra-Leone bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi

Serra-Leone O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 143-davlat bo‘ldi.

Ilhom Qilichxanov Nurafshon shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi
29 aprel 2023, 13:24

Ilhom Qilichxanov Nurafshon shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Toshkent viloyati ma’muriy markazi bo‘lgan Nurafshon shahriga Ilhom Qilichxanov hokim etib tasdiqlandi. Avvalroq sobiq hokim Muzaffar Soliyev vazifasidan ozod etilgani, vazir lavozimida ishlagan vaqtidagi holat bilan bog‘liq ish bo‘yicha tergovga jalb etilgan bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi.

O‘zbekiston prezidenti Musulmonlar idorasi rahbarini qabul qildi
28 aprel 2023, 21:15

O‘zbekiston prezidenti Musulmonlar idorasi rahbarini qabul qildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash, vijdon erkinligini kafolatlash, ta’lim orqali jaholatga qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi.

O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi bo‘yicha referendumda 611 mingdan ortiq fuqaro muddatidan oldin ovoz berdi
28 aprel 2023, 17:16

O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasi bo‘yicha referendumda 611 mingdan ortiq fuqaro muddatidan oldin ovoz berdi

MSK 19−26-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan Konstitutsiya loyihasi bo‘yicha referendumda muddatidan oldin ovoz berishda 611 ming 320 nafar fuqaro ishtirok etganini ma’lum qildi.

Shavkat Mirziyoyev yozda Italiyaga tashrif buyurishi mumkin
28 aprel 2023, 14:21

Shavkat Mirziyoyev yozda Italiyaga tashrif buyurishi mumkin

Prezident Shavkat Mirziyoyev iyun oyida Italiyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda, deya ma’lum qildi Italiya mudofaa vaziri Krozetto Gvido.

Vazirlar Mahkamasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti qayta tashkil etildi
28 aprel 2023, 09:42

Vazirlar Mahkamasida Davlat tilini rivojlantirish departamenti qayta tashkil etildi

Prezidentning ma’muriy islohotlar to‘g‘risidagi farmoni bilan bekor qilingan Vazirlar Mahkamasi tuzilmasidagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti 4 oy o‘tib qayta tashkil etildi.

“Ukraina va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ko‘ringanidan ko‘proq umumiylik bor” — Andrey Yermak
27 aprel 2023, 23:48

“Ukraina va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida ko‘ringanidan ko‘proq umumiylik bor” — Andrey Yermak

Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak Markaziy Osiyo davlatlari haqida maqola yozdi. Uning ta’kidlashicha, mintaqa davlatlari tarixan ko‘p vektorliligi bilan ajralib turadi. Rossiya yakuniy tanlov qilishga majburlamaguncha Ukraina ham ko‘p vektorli bo‘lishga intilgan, deb yozadi u.

Italiya mudofaa vaziri O‘zbekistonga tashrif buyurdi
26 aprel 2023, 16:07

Italiya mudofaa vaziri O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Toshkentda O‘zbekiston va Italiya mudofaa vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Har ikki davlatning ekstremizm, diniy radikalizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashda umumiy maqsadlari borligi qayd etildi.

Chexiya bosh vaziri O‘zbekiston rahbariyati bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi
26 aprel 2023, 16:02

Chexiya bosh vaziri O‘zbekiston rahbariyati bilan hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Chexiya bosh vaziri Petr Fiala Toshkentda O‘zbekiston prezidenti va bosh vaziri bilan muzokaralar o‘tkazdi. Chexiya tomoni uran va mis sotib olish, tramvay, poyezd va samolyotlar yetkazib berishdan manfaatdor ekanini ma’lum qildi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri parvozlarni tashkil etish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti bilan telefon orqali gaplashdi
26 aprel 2023, 15:47

Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti bilan telefon orqali gaplashdi

O‘zbekiston va Rossiya prezidentlari telefon orqali muloqotida amaliy hamkorlik, savdo munosabatlari va korxonalar kooperatsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash masalalarini ko‘rib chiqdi. Konstitutsiyaviy referendumning Rossiya hududida o‘tkazilishiga ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun Putinga minnatdorlik bildirildi.

Shavkat Mirziyoyev Rossiya va Chexiya delegatsiyalarini qabul qildi
26 aprel 2023, 09:34

Shavkat Mirziyoyev Rossiya va Chexiya delegatsiyalarini qabul qildi

Toshkentda o‘tayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” sanoat ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekiston prezidenti Rossiya sanoat va savdo vaziri hamda Chexiya bosh vazirini qabul qildi. Tovar ayirboshlash, sanoyat kooperatsiyasini chuqurlashtirish, shuningdek, Chexiya bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish muhokama etildi.

Xitoy elchisi sobiq SSSR davlatlarining suverenitetini shubha ostiga oldi. Munosabatlar
25 aprel 2023, 20:01

Xitoy elchisi sobiq SSSR davlatlarining suverenitetini shubha ostiga oldi. Munosabatlar

Xitoyning Fransiyadagi elchisining Sobiq Ittifoq davlatlari suverenitetiga shubha bilan qaragan bayonoti diplomatik mojaroga sabab bo‘ldi. Qator Yevropa davlatlari bunga munosabat bildirdi, Xitoy esa SSSR tarkibidan chiqqan barcha davlatlar mustaqilligini hurmat qilishiga ishontirishga to‘g‘ri keldi.

Baxtiyor Saidov tashqi ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi
25 aprel 2023, 10:13

Baxtiyor Saidov tashqi ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi

Deputatlar O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri lavozimiga Baxtiyor Saidov nomzodini ma’qulladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan u ushbu lavozimga tasdiqlandi. 2022-yil oxirida Baxtiyor Saidov TIV v.b. etib tayinlangandi.

Ramazon hayiti arafasida 541 kishi afv etildi
21 aprel 2023, 04:16

Ramazon hayiti arafasida 541 kishi afv etildi

Prezident farmoni bilan jazo muddatini o‘tayotgan 541 kishi afv etildi. Ularning orasida 36 nafar chet el fuqarosi, 136 nafar ayol, 75 nafar 60 yoshdan oshgan erkak hamda 6 nafar taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashganlar bor.

Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi
20 aprel 2023, 21:57

Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Ramazon hayiti tabrigida vijdon erkinligini qaror toptirish, diniy-ma’naviy qadriyatlarni tiklash borasidagi sa’y-harakatlar izchil davom etayotganini ta’kidladi. Joriy yilda cheklovlar olib tashlanishi tufayli 31 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Makka va Madinaga umra ziyoratiga bordi.

“Sog‘lom fuqarolik jamiyati davlat boshqaruvi tizimi yaxshi ishlashi uchun zarur” — YeI maxsus vakili
20 aprel 2023, 16:28

“Sog‘lom fuqarolik jamiyati davlat boshqaruvi tizimi yaxshi ishlashi uchun zarur” — YeI maxsus vakili

YeIning inson huquqlari bo‘yicha maxsus vakili Eymon Gilmor O‘zbekistonga ilk bor tashrif buyurib, adliya, ichki ishlar vazirlari va bosh prokuror, shuningdek, mamlakat prezidenti bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda. “Gazeta.uz” undan tashrif maqsadi va O‘zbekistondagi inson huquqlari ahvolini qanday baholashini so‘radi.

“Azamat, Dubay otmen”, “Kuyovingiz bilan muhim ishimiz bor” va boshqalar — Toshkentda referendum targ‘iboti. Foto
20 aprel 2023, 12:01

“Azamat, Dubay otmen”, “Kuyovingiz bilan muhim ishimiz bor” va boshqalar — Toshkentda referendum targ‘iboti. Foto

Yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum o‘tkazilishiga 10 kun qoldi. Shaharlarda fuqarolarni saylov uchastkalariga borishga undaydigan targ‘ibotlar tobora ko‘payib bormoqda. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Toshkentdagi reklamalar va shaharning “sog‘lom fuqaro yakshanbasi”ga tayyorlanayotganini suratga oldi.

Andijon viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
20 aprel 2023, 10:07

Andijon viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Avazbek Ergashev Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Pastdarg‘om tumaniga yangi hokim tayinlandi
19 aprel 2023, 11:19

Pastdarg‘om tumaniga yangi hokim tayinlandi

Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumaniga Vahobjon Murotqobilov hokim etib tasdiqlandi.

O‘zbekistonda referendumda muddatidan oldin ovoz berish boshlandi
19 aprel 2023, 10:37

O‘zbekistonda referendumda muddatidan oldin ovoz berish boshlandi

19-apreldan O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini qabul qilish bo‘yicha referendumda muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlandi. Unda referendum kuni ayrim sabablarga ko‘ra yashash manzilida bo‘lmaydigan fuqarolar qatnashishi mumkin. Ovoz berish tartibi haqida batafsil.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting