Andijon viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib Ergashev Avazbek Yaqubjonovich tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar qildi.

Avazbek Ergashev 1966-yil Oltinko‘l tumanida tug‘ilgan. 1992-yilda Andijon paxtachilik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1983-yilda Oltinko‘l tumani “Oq-tepa” shirkat xo‘jaligi a’zosi vazifasidan boshlagan.

1992−2022-yillarda Andijon viloyati Oltinko‘l tumani “Oq-tepa” shirkat xo‘jaligi a’zosi, entomolog-agronomi, bosh agronomi, rais o‘rinbosari, Oltinko‘l tumani qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmasi urug‘chilik bo‘limi bosh mutaxassisi, Andijon viloyati “Paxta urug‘chilik” birlashmasi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziriligi “G‘o‘za urug‘chiligi” respublika markazi boshlig‘i o‘rinbosari, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hokimi, Sirdaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari vazifalarida faoliyat yuritgan.

U tayinlovga qadar Urug‘chilikni rivojlantirish markazi direktorining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.