Prezident Shavkat Mirziyoyev yozda Italiya mamlakatiga tashrif buyuradi. Bu haqda 26-aprel kuni Toshkentga tashrif buyurgan Italiya mudofaa vaziri Krozetto Gvido Italiyaning Vista agentligiga ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Shavkat Mirziyoyevning Italiya prezidenti Serjio Mattarella, bosh vazir Jorj Meloni va tashqi ishlar vaziri Antonio Tajani bilan muzokaralari rejalashtirilgan.

Krozetto Gvido O‘zbekiston prezidentining Rimga tashrifi mamlakatlar o‘rtasidagi uzoq muddatli hamkorlikning yangi bosqichini boshlashini ta’kidladi.

Avvalroq Italiya mudofaa vaziri O‘zbekistonga tashrifi doirasida mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov va prezident bilan uchrashgandi.

Eslatib o‘tamiz, “Gazeta.uz” Shavkat Mirziyoyev 1−2-may kunlari Germaniyaga tashrif buyurishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergandi.