Prezident Shavkat Mirziyoyevning farmoni bilan Baxtiyor Saidov tashqi ishlar vaziri lavozimiga tasdiqlandi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Baxtiyor Saidovning nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullandi.

Saidov Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U Xitoyda elchi sifatida 2017-yil iyundan 2022-yil noyabrgacha ishlab kelgan. 2018-yilning aprel oyidan O‘zbekistonning Mo‘g‘ulistondagi elchisi, 2019-yildan esa — Filippindagi elchisi (qarorgohi Pekinda joylashgan) lavozimlarida ham faoliyat yuritgan.

2022-yilning oxirida Vladimir Norov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri lavozimidan ozod etilgandi. Uning o‘rniga Baxtiyor Saidov TIV rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlan va shu munosabat bilan xalq ta’limi vaziri lavozimidan ketgan.