Siyosat

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidan ID-karta orqali o‘tishga ruxsat berildi
4 may 2023, 11:35 1

Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidan ID-karta orqali o‘tishga ruxsat berildi

Qirg‘iziston Jogorku Keneshi Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidan ID-karta orqali o‘tishga ruxsat beruvchi qonun loyihasini qabul qildi. Endilikda fuqarolar har ikki davlat chegarasidan pasport ko‘rsatmasdan o‘tishlari mumkin bo‘ladi.

Senat xodimlarni kasbiy xavf-xatardan himoya qilish bo‘yicha xalqaro konvensiyani ma’qulladi
4 may 2023, 11:11

Senat xodimlarni kasbiy xavf-xatardan himoya qilish bo‘yicha xalqaro konvensiyani ma’qulladi

Senatorlar “Xalqaro mehnat tashkilotining xodimlarni ish joyidagi havoning ifloslanishi, shovqin va tebranishlar tufayli yuzaga keladigan kasbiy xavf-xatardan himoya qilish to‘g‘risidagi 148-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni ma’qulladi.

Prezidentlar Berlinda O‘zbekiston madaniy merosi ko‘rgazmasini ochib berdi
4 may 2023, 07:31

Prezidentlar Berlinda O‘zbekiston madaniy merosi ko‘rgazmasini ochib berdi

O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari Jeyms Simon galereyasida tayyorgarligiga bir necha yil ketgan “O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan Kushonlar saltanatigacha” ko‘rgazmasini ochib berdi. Unga Berlin muzeylaridan 65 ta, O‘zbekiston muzeylaridan 285 ta eksponat qo‘yilgan.

O‘zbekiston prezidenti CLAAS, Knauf, Siemens Energy, Deutsche Bank va boshqa kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi
3 may 2023, 19:50

O‘zbekiston prezidenti CLAAS, Knauf, Siemens Energy, Deutsche Bank va boshqa kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi

“Xorijiy investor O‘zbekiston deganda, birinchi navbatda, barqarorlik, ishonchlilik va kelajak uchun xotirjamlikni ko‘z oldiga keltirishi lozim. Har bir germaniyalik tadbirkor mamlakatimizda o‘zini erkin va dadil his etishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga tayyormiz”, — dedi Shavkat Mirziyoyev Berlinda.

Fransiyaning tashqi savdo bo‘yicha vazir-delegati Olive Besht O‘zbekistonga rejalashtirilgan tashrif haqida so‘zlab berdi
3 may 2023, 19:04

Fransiyaning tashqi savdo bo‘yicha vazir-delegati Olive Besht O‘zbekistonga rejalashtirilgan tashrif haqida so‘zlab berdi

Fransiyaning tashqi savdo bo‘yicha vazir-delegati Olive Besht 4−6-may kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Toshkentga kelishi arafasida u “Gazeta.uz”ga tashrifidan ko‘zlangan maqsadlar va Fransiya-O‘zbekiston hamkorligi tufayli ikki mamlakat kompaniyalari uchun ochilayotgan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi.

Shavkat Mirziyoyev Berlinda Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashdi
3 may 2023, 17:57

Shavkat Mirziyoyev Berlinda Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashdi

O‘zbekiston va Germaniya prezidentlari Berlindagi muzokaralarda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini muhokama qildi. Germaniya mintaqadagi o‘zaro bog‘liqlik loyihalari, jumladan, YeIning “Global darvoza” tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga tayyor. Gyote instituti O‘zbekiston viloyatlarida ham ochilishi kutilmoqda.

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 4 pog‘ona pastladi
3 may 2023, 15:54

O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 4 pog‘ona pastladi

O‘zbekiston “Chegara bilmas muxbirlar” tashkilotining matbuot erkinligi reytingida 2022-yilgi o‘rnidan 4 pog‘ona pastlab, 137-o‘rinni egalladi. Mamlakatda OAV erkinligi bilan bog‘liq vaziyat “qiyin” bosqichda qolmoqda. Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlari ham salbiy natijalar qayd etgan.

Hokimlar 2024-yildan boshlab mahalliy kengashlarga rais bo‘lolmaydi
3 may 2023, 15:44

Hokimlar 2024-yildan boshlab mahalliy kengashlarga rais bo‘lolmaydi

Hokimlarga mahalliy kengash raisi lavozimini egallashi taqiqlanmoqda. Toshkent shahri va viloyatlar miqyosida bu jarayon 2024-yildan, tuman va shaharlarda esa 2026-yildan boshlanadi. Bunda vazifalar takrorlanishining oldi olinishi, hokimlar ustidan ta’sirchan nazorat o‘rnatilishi ko‘zda tutilgan.

Mirziyoyev Erdog‘anga prezidentlik saylovida muvaffaqiyat tiladi
3 may 2023, 09:34

Mirziyoyev Erdog‘anga prezidentlik saylovida muvaffaqiyat tiladi

Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqotda unga bo‘lajak saylovda muvaffaqiyat tiladi. Erdog‘an ham O‘zbekiston rahbarini umumxalq referendumi muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi.

Shavkat Mirziyoyev Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazdi
3 may 2023, 08:05

Shavkat Mirziyoyev Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazdi

O‘zbekiston prezidenti Berlinda Germaniya federal kansleri Olaf Shols bilan muzokaralar o‘tkazdi. Tashrif davomida turli sohalarga oid 16 ta hukumatlararo va idoralararo hujjat imzolandi.

“Yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan, lekin plyuralizm bo‘lmadi”. YeXHT DIIHB — referendum jarayoni haqida
2 may 2023, 23:06

“Yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan, lekin plyuralizm bo‘lmadi”. YeXHT DIIHB — referendum jarayoni haqida

O‘zbekistonda referendumga puxta tayyorgarlik ko‘rilgan, biroq kampaniyada plyuralizm bo‘lmadi, deya ma’lum qildi YeXHT DIIHB monitoring missiyasi. Missiyaning dastlabki hisobotida aytilishicha, OAV saylovchilarga “xolis, muvozanatli va tanqidiy ma’lumot” yetkazib bera olmagan.

Favqulodda vaziyatlar vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
2 may 2023, 13:00

Favqulodda vaziyatlar vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

O‘zbekiston prezidentining tegishli qarorlari bilan Sanjar Zuparov (suratda) favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari, Muxtar Muxitdinov va Xurshid Alibayev esa o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
2 may 2023, 12:35

Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi boshqarmasida ishlab kelgan Islomiddin Norimov Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi.

Namangan viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
2 may 2023, 11:36

Namangan viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Akramjon Abduxamidov Namangan viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

Furqat Sidiqov AQSh prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
2 may 2023, 09:11

Furqat Sidiqov AQSh prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

O‘zbekistonning AQShdagi elchisi Furqat Sidiqov prezident Jo Baydenga ishonch yorliqlarini topshirdi. “Xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlash, strategik sherikligimizni yanada mustahkamlashga intilaman”, — deydi diplomat.

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya 1-maydan kuchga kirdi
1 may 2023, 19:44

Yangi tahrirdagi Konstitutsiya 1-maydan kuchga kirdi

O‘zbekiston Konstitutsiyasining yangi tahriri 1-maydan kuchga kirdi. U 6 bo‘lim, 27 bob va 155 ta moddadan iborat bo‘ladi.

Senatning qirqinchi yalpi majlisi 3-may kuni chaqiriladi
1 may 2023, 17:37

Senatning qirqinchi yalpi majlisi 3-may kuni chaqiriladi

Oliy Majlis Senatining qirqinchi yalpi majlisi 3-may kuni chaqiriladi. Unda tadbirkorlarning pul mablag‘lari daxlsizligini ta’minlash, xodimlarni kasbiy xavf-xatardan himoya qilish hamda Tojikiston bilan havo hududi va aerodromlardan foydalanish bitimi to‘g‘risidagi qonunlar ko‘rib chiqiladi.

O‘zbekiston BMTning Rossiya tajovuzkorligi qayd etilgan rezolyutsiyasiga ovoz berishda betaraf qoldi
1 may 2023, 15:42

O‘zbekiston BMTning Rossiya tajovuzkorligi qayd etilgan rezolyutsiyasiga ovoz berishda betaraf qoldi

BMT Bosh assambleyasining Yevropa kengashi bilan hamkorligi to‘g‘risidagi rezolyutsiya 122 ta ovoz bilan qabul qilindi, unda Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzkorligi tilga olingan. Qozog‘iston, Xitoy va Turkiya rezolyutsiyani qo‘llab-quvvatladi, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston betaraf qoldi.

Referendumda qatnashganlarning 90,21 foizi yangi tahrirdagi Konstitutsiyani yoqlab ovoz berdi
1 may 2023, 11:39

Referendumda qatnashganlarning 90,21 foizi yangi tahrirdagi Konstitutsiyani yoqlab ovoz berdi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan referendumda saylovchilarning 84,54 foizi ishtirok etdi, dedi MSK raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev. Konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritishni yoqlab saylovchilarning 90,21 foizi ovoz berdi, 9,35 foizi qarshi chiqdi.

MSK referendum urnasiga ko‘plab qog‘ozlar qo‘shilgani aks etgan videoga izoh berdi
1 may 2023, 11:22

MSK referendum urnasiga ko‘plab qog‘ozlar qo‘shilgani aks etgan videoga izoh berdi

Toshkent shahridagi 649-referendum uchastkasidan olingan videolarda urnaga ko‘plab qog‘ozlar qo‘shilgani e’tiborni tortdi. Markaziy saylov komissiyasi bu muddatidan oldin ovoz berishdan olingan byulletenlarni qo‘shishning standart tartibi ekanini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting