O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi tuzilmasida yana Davlat tilini rivojlantirish departamenti tashkil etilmoqda. Bu prezidentning 20-apreldagi hukumat ijro etish tuzilmasini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmonida nazarda tutilgan.

Hujjat davlat tilining davlat va jamiyat hayotidagi mavqeini oshirish, uni ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish va qo‘llash doirasini kengaytirish, zamonaviy ilm-fan rivojida davlat tilining o‘rni va rolini oshirish maqsadida qabul qilindi.

Departament tashkil etilishi munosabati bilan qo‘shimcha ajratilayotgan shtat birliklari prezidenti Administratsiyasining 5 ta shtat birligini qisqartirish hisobidan kiritiladi.

Shu tariqa prezidentning 21-dekabrdagi Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi farmoni bilan tugatilgan Davlat tilini rivojlantirish departamenti qayta paydo bo‘ldi.

Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.

Departamentning o‘zi ilk bor 2021-yil 21-oktabrda, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 30 yilligi kunida tashkil etilgan. 2022-yilda departament Vazirlar Mahkamasining Ma’naviyat va davlat tilini rivojlantirish masalalari departamentiga aylantirilgan.