Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumaniga Vahobjon Murotqobilov hokim etib tasdiqlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Pastdarg‘om tumani hokimligida o‘tkaziltgan xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rilgan.

Unda deputatlar tomonidan Murotqobilov Vahobjon Abdug‘aniyevich nomzodi Pastdarg‘om tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Vahobjon Abdug‘aniyevich Murotqobilov 1974-yilda Samarqand viloyati, Pastdarg‘om tumanida tug‘ilgan. Mazkur tayinlovga qadar Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati vazifasida faoliyat olib borgan.

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligida boshqarma boshlig‘i, Qurilish vazirligi huzuridagi “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK bosh direktori vazifalarida ishlagan.