25-aprel kuni Chexiya Respublikasi bosh vaziri Petr Fiala rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi. U prezidenti Shavkat Mirziyoyev va bosh vazir Abdulla Aripov bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Prezident matbuot xizmati xabar qilishicha, muzokarada so‘nggi bir necha yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 barobarga, qo‘shma korxona va loyihalar soni esa 2,5 barobarga ko‘paygani ta’kidlandi.

Hukumatlararo komissiya ishini faollashtirish va uning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish zarurligi, shuningdek, ishbilarmonlar kengashining faoliyati qayta tiklash, uning doirasida O‘zbekiston va Chexiya poytaxtlari va hududlarida biznes-forumlarni muntazam o‘tkazib borish qayd etildi.

chexия

Petr Fiala va Abdulla Aripov.

Qazib chiqarish tarmog‘i, energetikani modernizatsiya qilish, energetik mashinasozlik, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va charm sanoati, transport va logistika, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, transport yo‘laklarini rivojlantirish va boshqalar ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.

Chexiyaning ilg‘or texnologiyalarini keng joriy qilishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va birgalikda moliyalashtirish vositalaridan foydalanish muhimligi ta’kidlandi.

Hamkorlikning har bir yo‘nalishi bo‘yicha ishchi guruhlar tuzish va “yo‘l xarita”larini ishlab chiqishga qaror qilindi. Gumanitar almashinuvni kengaytirish, shu jumladan Chexiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida o‘zbekistonlik talabalarning tahsil olishi uchun kvotalarni ko‘paytirish va madaniy tadbirlar dasturini qabul qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekistonning 50 dan ortiq kompaniyasi ishtirokida o‘tkazilgan biznes-forumda o‘tgan yili mamlakatlar o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi rekord darajaga ko‘tarilib, 184,8 million dollarni, jumladan, O‘zbekistondan eksport — 30,5 million dollar, import — 154, 2 million dollarni tashkil etgani ta’kidlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

chexия

Ikki davlat hukumat delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Chexiyaning Markaziy Osiyo mintaqasidagi ikkinchi yirik savdo hamkoridir. Chexiya hukumati saytida xabar qilinishicha, Petr Fiala chex tomoni O‘zbekistondan uran va mis yetkazib berishdan manfaatdor ekanini ma’lum qilgan. U Chexiya kompaniyalari O‘zbekistonga tog‘-kon sanoatining ilg‘or texnologiyalarini yetkazib berishi mumkinligini ta’kidladi.

Transport sohasidagi hamkorlikni muhokama qilish chog‘ida Petr Fiala Škoda Transportation kompaniyasi 34 ta zamonaviy poyezd yetkazib berish bo‘yicha tenderda ishtirok etayotganini ta’kidladi. Yana bir kompaniya — Zetor O‘zbekistonda traktorlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi.

chexия

O‘zbekiston va Chexiya hukumat rahbarlari biznes-forumda.

Chexiya kompaniyalari boshqa yirik shartnomalarda, masalan, Samarqandda tramvay parkini kengaytirishda ishtirok etishi mumkin. Bu yerda foydalaniladigan Vario tramvaylari dastlab Toshkentga Chexiyadan olib kelingan, xuddi eski Tatra tramvaylari kabi. Omnipol kompaniyasi esa O‘zbekistonga L 410 yengil samolyotlarini sotishdan manfaatdor.

Petr Fiala, shuningdek, chex kompaniyalari harbiy va fuqaro aviatsiyasi uchun havo harakatini boshqarish tizimi va jihozlarini taklif qilishlari mumkinligini ta’kidladi.

chexия

Toshkentda Chexiya bosh vaziri O‘zbekiston-Chexiya arxeologik ekspeditsiyasining 20 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochilishida ham ishtirok etdi.