Shavkat Mirziyoyev 25-aprel kuni shu kunlarda Toshkent shahrida o‘tayotgan “Innoprom. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi doirasida O‘zbekistonda bo‘lib turgan Rossiya va Chexiya delegatsiyalarini qabul qildi.

Davlat rahbari matbuot xizmatiga ko‘ra, dastlab Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan hukumat raisi o‘rinbosari, sanoat va savdo vaziri Denis Manturov bilan uchrashuv o‘tkazildi.

россия, чехия, шавкат мирзиёев, денис мантуров, Petr Fiala, Innoprom. Markaziy Osiyo

Unda ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik kun tartibidagi masalalar muhokama qilindi. Prezident 35 mamlakat biznesining 5 ming nafardan ziyod vakillari ishtirokidagi “Innoprom” forumi muvaffaqiyatli tashkil etilgani va o‘tkazilayotganini qayd etdi.

Ta’kidlanishicha, tovar ayirboshlash sur’atini saqlash va iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirishga alohida e’tibor qaratildi.

Ikki mamlakat hududlarining amaliy sherikligini yanada rivojlantirish va hamkorlikni aniq loyihalar bilan boyitish uchun keng imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlandi. Misol tariqasida joriy haftada Jizzax viloyatida texnologik park ishga tushirilgani qayd etildi.

Loyiha ofisi faoliyati doirasida, shu jumladan, energetika, mashinasozlik, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, farmatsevtika kabi yo‘nalishlarda va boshqa tarmoqlarda investitsiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirishni jadallashtirish muhim ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Sanoat ishlab chiqarishini qo‘llab-quvvatlashda Rossiya tajribasini joriy etishga qiziqish bildirildi hamda qo‘shma loyihalarni ilgari surishning institutsional mexanizmlarini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Chexiya bosh vaziri Petr Fiala boshchiligidagi hukumat delegatsiyasini ham qabul qildi.

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, O‘zbekiston-Chexiya munosabatlarini yanada rivojlantirish va ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni ustuvor yo‘nalishlarda kengaytirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

россия, чехия, шавкат мирзиёев, денис мантуров, Petr Fiala, Innoprom. Markaziy Osiyo

2023-yilda ikki tomonlama diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi nishonlanmoqda. Keyingi bir necha yilda o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 2 barobarga, qo‘shma korxona va loyihalar soni esa 2,5 barobarga ko‘paygan.

Bugungi kunda qurilish materiallari, tibbiy uskunalarni ishlab chiqarish, ishbilarmonlik infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari amalga oshirilmoqda.

Mazkur tashrif doirasida O‘zbekiston-Chexiya arxeologik ekspeditsiyasining 20 yilligiga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi.

Hukumatlararo komissiya ishini faollashtirish va uning navbatdagi yig‘ilishini o‘tkazish zarurligi qayd etildi.

россия, чехия, шавкат мирзиёев, денис мантуров, Petr Fiala, Innoprom. Markaziy Osiyo

Qazib chiqarish tarmog‘i, energetikani modernizatsiya qilish, energetik mashinasozlik, elektrotexnika, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik va charm sanoati, transport va logistika, to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, transport yo‘laklarini rivojlantirish va boshqalar ustuvor yo‘nalishlar sifatida qayd etildi.

O‘zbekistonda Chexiyaning ilg‘or texnologiyalarini keng joriy qilishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va birgalikda moliyalashtirish vositalaridan foydalanish muhimligi ko‘rsatib o‘tildi.

Hamkorlikning har bir yo‘nalishi bo‘yicha ishchi guruhlar tuzish va “yo‘l xarita”larini ishlab chiqishga qaror qilindi.

Bundan tashqari, Ishbilarmonlar kengashining faoliyati qayta yo‘lga qo‘yilmoqda, uning doirasida O‘zbekiston va Chexiya poytaxtlari va hududlarida biznes-forumlarni muntazam o‘tkazib borish rejalashtirilmoqda.

россия, чехия, шавкат мирзиёев, денис мантуров, Petr Fiala, Innoprom. Markaziy Osiyo

Gumanitar almashinuvni kengaytirish, shu jumladan, Chexiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida o‘zbekistonlik talabalarning tahsil olishi uchun kvotalarni ko‘paytirish va madaniy tadbirlar dasturini qabul qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.