O‘zbekistonda 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadigan yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendumga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda. LED monitorlarda chatlardagi yozishmalarga taqlid qiluvchi, saylov uchastkalariga kelib, ovoz berishga chaqiruvchi reklamalar ketmoqda. Siyosiy voqea targ‘iboti jamoat transportida ham paydo bo‘ldi. Joylarda saylov uchastkalari raqamlari ko‘rsatilgan belgilar o‘rnatilmoqda. “Gazeta.uz” muxbiri Toshkentdagi reklamalarni suratga oldi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.