19−26-aprel kunlari bo‘lib o‘tgan O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi loyihasi bo‘yicha referendumda muddatidan oldin ovoz berishda mamlakatning 611 320 nafar fuqarosi ishtirok etdi, deb xabar qildi Markaziy saylov komissiyasi matbuot xizmati.

Ulardan 159 276 nafari xorijda, 452 044 nafari xorijdagi saylov uchastkalarida ovoz berdi.

Eslatib o‘tamiz, “Gazeta.uz” referendum arafasida referendum o‘tkaziladigan uchastkani qanday topish yoki uni o‘zgartirish, byulletenni qanday to‘g‘ri to‘ldirish va ovoz berishda nimalar qoidabuzarlik deb topilishi haqida ovoz berish yo‘riqnomasini tayyorlagandi (rus tilida).

Bundan tashqari, Konstitutsiyaga o‘zgartirish yoki kiritish taklif qilingan asosiy moddalarni o‘zida jamlagan videosharh e’lon qilganmiz.