Siyosat

Foto: Qatar amiri va O‘zbekiston prezidenti Samarqand bo‘ylab sayr qildi
5 iyun 2023, 22:37

Foto: Qatar amiri va O‘zbekiston prezidenti Samarqand bo‘ylab sayr qildi

Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqanddagi Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Afrosiyob muzeyi, Registon maydoni va “Boqiy shahar” majmuasini borib ko‘rdi.

Foto: Qatar amiri O‘zbekistonga keldi
5 iyun 2023, 19:25

Foto: Qatar amiri O‘zbekistonga keldi

Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Uni Samarqand aeroportida prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

O‘zbekiston Qatar fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi
5 iyun 2023, 17:25

O‘zbekiston Qatar fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi

O‘zbekiston Qatar fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri mamlakatga keladigan kunda bu haqdagi farmonni imzoladi.

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi
5 iyun 2023, 16:42

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Qatar sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan muzokaralar olib boradi.

MSK to‘rt nafar prezidentlikka nomzodni ro‘yxatga oldi, tashviqotlar 7-iyundan boshlanadi
5 iyun 2023, 11:40

MSK to‘rt nafar prezidentlikka nomzodni ro‘yxatga oldi, tashviqotlar 7-iyundan boshlanadi

Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalar tomonidan tasdiqlangan to‘rt nafar nomzodni O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga oldi. Saylovoldi tashviqotlari esa 7-iyundan boshlanishi belgilandi.

Qatar amiri 5−6-iyun kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi
4 iyun 2023, 18:15

Qatar amiri 5−6-iyun kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi

Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 5−6-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrifning asosiy tadbirlari Samarqand shahrida o‘tkaziladi.

Shavkat Mirziyoyev Rejep Erdog‘anning inauguratsiyasida ishtirok etdi. Foto
4 iyun 2023, 01:24

Shavkat Mirziyoyev Rejep Erdog‘anning inauguratsiyasida ishtirok etdi. Foto

O‘zbekiston prezidenti Anqaraga tashrifi davomida Turkiya prezidenti etib qayta saylangan Rejep Erdog‘anning inauguratsiya marosimida qatnashdi. Tadbir doirasida Shavkat Mirziyoyev boshqa mamlakatlar yetakchilari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan fikr almashdi. Foto.

Shavkat Mirziyoyev Rejep Erdog‘anning inauguratsiya marosimida qatnashadi
3 iyun 2023, 10:53

Shavkat Mirziyoyev Rejep Erdog‘anning inauguratsiya marosimida qatnashadi

O‘zbekiston prezidenti Anqara shahrida Rejep Tayyip Erdog‘anning lavozimga kirishishi munosabati bilan inauguratsiya marosimida ishtirok etish uchun 3-iyun kuni Turkiyaga boradi.

O‘zbekistonda nihoyat Ijtimoiy himoya agentligi tashkil etildi. Uning vazifalari nimalardan iborat?
3 iyun 2023, 10:43 2

O‘zbekistonda nihoyat Ijtimoiy himoya agentligi tashkil etildi. Uning vazifalari nimalardan iborat?

Prezident huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etildi. U fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid huquqlarini ta’minlash va ijtimoiy xizmatlar sifatini tubdan oshirish maqsadida yaratildi. Bandlik vazirligi, SSV, IIV, MMTV va boshqa tuzilmalarning tegishli bo‘limlari agentlikka o‘tdi. Tafsilotlar.

O‘zbekiston prezidenti MO va YeI o‘rtasidagi muloqot doirasida qator tashabbuslarni ilgari surdi
3 iyun 2023, 09:06

O‘zbekiston prezidenti MO va YeI o‘rtasidagi muloqot doirasida qator tashabbuslarni ilgari surdi

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo — YeI” yetakchilari sammitida O‘zbekistonda YeI talablari bo‘yicha standartlashtirish laboratoriyalari hali yaratilmagan bo‘lsa-da, GSP+ tartibini uzaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi. Shuningdek, u Transkaspiy yo‘lagini rivojlantirish uchun qulayroq tariflar zarurligini aytdi.

O‘zbekiston Butunjahon turizm tashkilotining 25-sessiyasi prezidenti va ikkita qo‘mita a’zosi etib saylandi
2 iyun 2023, 17:44

O‘zbekiston Butunjahon turizm tashkilotining 25-sessiyasi prezidenti va ikkita qo‘mita a’zosi etib saylandi

Sofiya shahrida bo‘lib o‘tgan Butunjahon turizm tashkiloti Yevropa komissiyasining ig‘ilishida O‘zbekistonga tashkilotning 25-yubiley sessiyasida mezbon sifatida prezidentlik qilish vakolati berildi. Sessiya 16−20-oktabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ulug‘bek Tashxodjayev Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi direktori bo‘ldi
2 iyun 2023, 15:59

Ulug‘bek Tashxodjayev Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi direktori bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasidan Adliya vazirligi huzuriga o‘tkazilgan Personallashtirish agentligiga Ulug‘bek Tashxodjayev direktor bo‘ldi.

“Anchadan beri uchrashmagandik”. Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi
2 iyun 2023, 14:40

“Anchadan beri uchrashmagandik”. Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi sammiti doirasida Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ular tovar ayirboshlash hajmini oshirish, savdoni diversifikatsiya qilish, GSP+ imtiyozli savdo rejimi muddatini uzaytirish kabilarni muhokama qildilar.

Ulug‘bek Yusupov “O‘zarxiv” agentligi direktori bo‘ldi
2 iyun 2023, 14:26

Ulug‘bek Yusupov “O‘zarxiv” agentligi direktori bo‘ldi

Vazirlar Mahkamasidan Adliya vazirligi huzuriga o‘tkazilgan “O‘zarxiv” agentligiga Ulug‘bek Yusupov direktor etib qayta tayinlandi.

Sherzod Rabiyev adliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
2 iyun 2023, 14:09

Sherzod Rabiyev adliya vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori lavozimida ishlab kelgan Sherzod Rabiyev adliya vaziriga o‘rinbosar bo‘ldi. Vazir o‘rinbosarlari Aktam Muxammadiyev va To‘lqin Abdusattorov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan vazifalaridan ozod etildi.

Tabiat resurslari vazirligining nomi o‘zgardi
2 iyun 2023, 12:37

Tabiat resurslari vazirligining nomi o‘zgardi

Prezident farmoni bilan Tabiat resurslari vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi deb qayta nomlandi. Shuningdek, sohadagi qonunchilikka rioya etish va uning ijrosi nazoratiga mas’ul bo‘lgan bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.

O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo — YI” sammiti uchun Qirg‘izistonga bordi
2 iyun 2023, 12:12

O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo — YI” sammiti uchun Qirg‘izistonga bordi

Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi"ning ikkinchi sammiti bo‘lib o‘tadigan Cho‘lponota shahriga amaliy tashrif bilan bordi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligiga direktor tayinlandi
1 iyun 2023, 21:29

Ijtimoiy himoya milliy agentligiga direktor tayinlandi

Mansurbek Olloyorov O‘zbekiston prezidentining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha maslahatchisi — prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” ikkinchi sammitida ishtirok etadi
1 iyun 2023, 17:23

Shavkat Mirziyoyev “Yevropa Ittifoqi — Markaziy Osiyo” ikkinchi sammitida ishtirok etadi

O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi yetakchilarining ikkinchi sammitida ishtirok etadi. Sammit 2-iyun kuni Qirg‘izistonning Cho‘lponota shahrida bo‘ladi.

Vohid Hamidov Ta’limni rivojlantirish respublika markazi direktori bo‘ldi
1 iyun 2023, 16:51

Vohid Hamidov Ta’limni rivojlantirish respublika markazi direktori bo‘ldi

Vohid Hamidov yaqinda tashkil etilgan Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori bo‘ldi. Ilgari u AOKAning Kitob savdosi va axborot-kutubxona resurslari bo‘limi va Avtotest Mirobod kompaniyasiga rahbarlik qilgan. U Novda Edutainment rahbari sifatida ham qayd etilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting