17-may kuni Malayziya bosh vaziri Anvar Ibrohim Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi, deya xabar bermoqda O‘zbekiston bosh vaziri matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov.

Uni Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Qisqa suhbatdan so‘ng, bosh vazir hamkasbi Abdulla Aripov hamrohligida tashrif dasturi bo‘yicha navbatdagi manzilga jo‘nab ketdi. Ular “Yangi O‘zbekiston” bog‘iga tashrif buyurib, Mustaqillik monumenti poyiga gul qo‘ydi. Majmuaning yaratilishi tarixi bilan tanishdi. Tashrifning oliy darajadagi tadbirlari bugun, kunning ikkinchi yarmida “Ko‘ksaroy” qarorgohida bo‘lib o‘tadi.

абдулла арипов, анvaр иброҳим, bosh vazir, малайзия

абдулла арипов, анvaр иброҳим, bosh vazir, малайзия

Eslatib o‘tamiz, Malayziya hukumati rahbari 17−19-may kunlari mamlakatda bo‘ladi. Sammit kun tartibidan tizimli siyosiy muloqotni rivojlantirish va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish, savdo, innovatsiyalar, energetika, neft-kimyo, sanoat, elektrotexnika va elektronika, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyotning boshqa sohalarida aniq kooperatsiya dasturlari va loyihalarini ilgari surish masalalari o‘rin olgan.

абдулла арипов, анvaр иброҳим, bosh vazir, малайзия

Foto: O‘zA.

Bundan tashqari, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Shundan so‘ng Malayziya hukumati rahbari Samarqand va Buxoro shaharlariga ham tashrif buyurib, O‘zbekistonning madaniy-tarixiy va ma’naviy merosi bilan tanishadi, qo‘shma biznes forumida ishtirok etadi.