O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Cho‘lponota shahriga yetib bordi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Aeroportda uni Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi — Prezident administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun Cho‘lponotada ikkinchi “Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi” sammiti bo‘lib o‘tadi. Uning kun tartibidan mintaqa mamlakatlarining Yevroittifoq bilan konstruktiv muloqotini yanada rivojlantirish va amaliy hamkorligini kengaytirish masalalari o‘rin olgan.