Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-may kuni ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasini transformatsiya qilish va vakolatli davlat organi faoliyatini tashkil borasidagi farmonni qabul qildi, deya xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.
Hujjat bilan Tabiat resurslari vazirligi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi deb qayta nomlandi. Vazirlikda alohida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi tashkil etildi.
Shuningdek, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va o‘rmon xo‘jaligi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi va uning ijrosi ustidan nazoratga mas’ul bo‘lgan bosh prokuror o‘rinbosari lavozimi kiritildi.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda vazirliklar soni 25 tadan 21 taga qisqartirilgandi. Xususan, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, Gidrometrologiya xizmati hamda O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi birlashtirilib, Tabiat resurslari vazirligi tashkil etilgandi. Unga Aziz Abduhakimov rahbar etib tayinlangandi.