O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori bilan Sherzod Mirjalilovich Rabiyev adliya vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi xabar qildi.

Sherzod Rabiyev 1984-yilda Sirdaryo viloyati Xovos shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, mutaxassisligi huquqshunos, 2005-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

U shu kunga qadar Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Bu tayinlov bilan bir vaqtda adliya vaziri o‘rinbosarlari Aktam Muxammadiyev va To‘lqin Abdusattorov boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan vazifalaridan ozod etildi.