Prezident qarori bilan Ulug‘bek Yusupov Adliya vazirligi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligi direktori lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati.

2023-yil 1-yanvardan O‘zbekistonda hukumatga bo‘ysunuvchi mustaqil ijro etuvchi hokimiyat organlari soni 61 tadan 28 taga qisqartirilgandi. Xususan, “O‘zarxiv” agentligi Vazirlar Mahkamasidan Adliya vazirligi huzuriga o‘tkazilgan.

2-iyun kuni vazirlikda o‘tkazilgan yig‘ilishda adliya tizimidagi idoralar rahbarlari ishtirokida Ulug‘bek Yusupov tanishtirildi.

Ma’lumot uchun, u Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan. 2013−2015-yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zarxiv” agentligining Elektron arxivlar va hujjatlarni yuritish bo‘limi boshlig‘i, 2015−2019-yillarda Vazirlar Mahkamasida bosh mutaxassis lavozimida faoliyat yuritgan.

2019-yildan hozirgi vaqtga qadar agentlik bosh direktori sifatida ishlab kelmoqda.