5-iyun kuni Shavkat Mirziyoyevning “Qatar Davlati fuqarolari uchun O‘zbekiston Respublikasiga kirishda vizasiz rejimni belgilash to‘g‘risida”gi farmoni [PF-86-son] qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Farmonga ko‘ra, Qatar fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, 5-iyun kuni Qatar amiri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keladi. O‘zbekiston prezidenti u bilan Samarqandda muzokaralar o‘tkazadi. Davlat rahbari allaqachon bu shaharga jo‘nab ketgan.

May oyida Toshkentda Qatar elchixonasi ochilgandi.

Fuqarolari O‘zbekistonga 30 kungacha vizasiz kirishi mumkin bo‘lgan davlatlar ro‘yxati bilan bu yerda tanishish mumkin.