Shavkat Mirziyoyev Anqaraga tashrif davomida 28-maydagi saylovda Turkiya prezidenti etib qayta saylangan Rejep Tayyip Erdog‘anning inauguratsiya marosimida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda dunyoning 80 ga yaqin mamlakatlari vakillari — davlat va hukumat rahbarlari, parlament spikerlari, yuqori darajadagi rasmiy shaxslar hamda Turkiy davlatlar tashkiloti, Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti va boshqa nufuzli xalqaro tuzilmalar rahbarlari qatnashdi.

Marosim chog‘ida prezident Turkiya yetakchisini saylovdagi g‘alabasi bilan yana bir bor qutlab, lavozimga kirishgani bilan tabrikladi, Turkiya xalqiga katta muvaffaqiyatlar va farovonlik tiladi.

Tadbir doirasida davlat rahbari marosimga taklif etilgan mamlakatlar yetakchilari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan fikr almashdi. Shu bilan Anqaraga tashrif dasturi yakuniga yetdi, Shavkat Mirziyoyev Toshkentga qaytdi.

28-may kuni prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida ovozlarni dastlabki sanab chiqish jarayonida Shavkat Mirziyoyev Erdog‘anni saylovdagi “ishonchli tarixiy g‘alabasi” bilan tabriklagan.

Erdog‘an 52,18%, muxolifatning yagona nomzodi Kemal Qilichdaro‘g‘li esa 47,82% ovoz olgan. Turkiyada saylovchilarning 85,71 foizi ishtirok etgan.

Foto

inauguratsiya, режеп таййип эрдоған, шавкат мирзиёев

Esenbog‘a xalqaro aeroportida uni Turkiya hukumati vakillari va Anqara muzofoti rahbariyati kutib oldi.