O‘zbekiston prezidentining tegishli qarori bilan Ulug‘bek Shuxratovich Tashxodjayev Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

U 1974-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, ma’lumoti oliy, mutaxassisligi sharqshunos filolog, arab tili o‘qituvchisi. 1996-yilda Toshkent davlat sharqshunoslik institutini (bakalavr), 2005-yilda O‘zbekiston Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi (magistratura)ni tamomlagan.

Ulug‘bek Tashxodjayev shu kunga qadar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, prezidentning 2022-yil 24-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga asosan 2023-yil 1-yanvardan boshlab Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi Adliya vazirligi huzuriga o‘tkazilgan.

Avvalroq Vazirlar Mahkamasidan Adliya vazirligi huzuriga o‘tkazilgan “O‘zarxiv” agentligiga Ulug‘bek Yusupov direktor etib qayta tayinlangandi.