Siyosat

MSK prezident sayloviga doir saylov byulletenini tasdiqladi (namuna)
9 iyun 2023, 20:11

MSK prezident sayloviga doir saylov byulletenini tasdiqladi (namuna)

Markaziy saylov komissiyasi O‘zbekiston prezidenti sayloviga doir saylov byulletenining shaklini (namunasini) tasdiqladi. Har bir tuman va shaharda ikkitadan ortiq uchastkada videotranslyatsiya qilish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston Italiyaning Lombardiya viloyati bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi
9 iyun 2023, 16:41

O‘zbekiston Italiyaning Lombardiya viloyati bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi

Shavkat Mirziyoyev Milanda Lombardiya gubernatori bilan uchrashib, qo‘shma savdo va investitsiya loyihalarini kengaytirish, Samarqandda investitsion forum o‘tkazish va hamkorlik dasturini tez fursatda tayyorlash kabi masalalarni muhokama qildi.

O‘zbekiston mudofaa vaziri Qatar harbiy delegatsiyasini qabul qildi
9 iyun 2023, 16:31

O‘zbekiston mudofaa vaziri Qatar harbiy delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov Qatar bosh vaziri o‘rinbosari — mudofaa vaziri Xolid bin Muhammad al-Atiya bilan muzokara o‘tkazdi. Shuningdek, ular Chirchiq shahridagi to‘qimachilik korxonasi va zirhli tank texnikalarini ta’mirlash zavodida bo‘ldi.

Abdulla Aripov Ostona forumida hamkorlar va investorlarni Orol muammosiga e’tibor qaratishga chaqirdi
9 iyun 2023, 15:56

Abdulla Aripov Ostona forumida hamkorlar va investorlarni Orol muammosiga e’tibor qaratishga chaqirdi

Ostona xalqaro forumida ishtirok etgan O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Markaziy Osiyoda hamkorlik yangi bosqichga o‘tganini qayd etdi. Shuningdek, iqlim o‘zgarishi, suv va tabiiy resurslarning yetishmasligi kabi muammolarni sanab, hamkorlar va investorlarni Orol muammosiga e’tibor qaratishga chaqirdi.

Shavkat Mirziyoyev va FAO rahbari 2030-yilgacha bo‘lgan hamkorlik dasturini muhokama qildi
9 iyun 2023, 09:30

Shavkat Mirziyoyev va FAO rahbari 2030-yilgacha bo‘lgan hamkorlik dasturini muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev Rimda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) rahbari Syuy Dun’yuy bilan uchrashdi. Tomonlar 2030-yilgacha bo‘lgan yangi hamkorlik dasturini ishlab chiqishni muhokama qildi.

O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi
8 iyun 2023, 23:05

O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlari to‘g‘risidagi deklaratsiya imzolandi

O‘zbekiston prezidenti va Italiya Vazirlar Kengashi raisi Rimda Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar. Shuningdek, mamlakatlar o‘rtasida 11 ta hujjat imzolandi. Muzokaralarda iqtisodiyot, ta’lim, turizm va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish muhokama qilindi.

O‘zbekiston va Italiya prezidentlari muzokaralari bo‘lib o‘tdi
8 iyun 2023, 22:02

O‘zbekiston va Italiya prezidentlari muzokaralari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Italiya prezidenti Serjo Mattarella Rimdagi muzokaralarda iqtisodiy hamkorlik, gumanitar aloqalarni rivojlantirish, Afg‘onistondagi vaziyat va boshqa masalalarni muhokama qildilar.

DXXga yangi vazifalar yuklatildi
8 iyun 2023, 11:20

DXXga yangi vazifalar yuklatildi

DXXga muhim axborot infratuzilmasi (MAI) obyektlarida kiberxavfsizlikni ta’minlashda vakolatli organ sifatida monitoring olib borish, xodimlarni attestatsiyadan o‘tkazish, xorijiy davlatlar tajribasi asosida MAI obyektlarining yagona davlat reyestrini shakllantirish kabi vazifalar yuklatildi.

Foto: O‘zbekiston prezidenti Italiyaga bordi
8 iyun 2023, 00:37

Foto: O‘zbekiston prezidenti Italiyaga bordi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Rimga bordi. Uni Italiya mudofaa vaziri Gvido Krozetto va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Shavkat Mirziyoyev 7−9-iyun kunlari Italiyada bo‘ladi
7 iyun 2023, 08:47

Shavkat Mirziyoyev 7−9-iyun kunlari Italiyada bo‘ladi

O‘zbekiston prezidenti 7−9-iyun kunlari Italiyada bo‘lib, u yerda mamlakat prezidenti va bosh vaziri bilan muzokaralar o‘tkazadi. Italiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazish ham rejadan joy olgan.

O‘zbekiston va Qatar hamkorlikni “keng qamrovli sheriklik” darajasiga ko‘tarmoqchi
6 iyun 2023, 14:59

O‘zbekiston va Qatar hamkorlikni “keng qamrovli sheriklik” darajasiga ko‘tarmoqchi

O‘zbekiston prezidenti Samarqandda Qatar amiri bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar “keng qamrovli sheriklik” darajasiga chiqishiga ishonch bildirdi. Davlatlar rahbarlari o‘zaro savdo ko‘rsatkichlarini oshirishga tayyor ekanini ma’lum qildi. 15 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi.

Foto: Qatar amirini rasmiy kutib olish marosimi
6 iyun 2023, 13:52

Foto: Qatar amirini rasmiy kutib olish marosimi

Samarqand shahrida Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Markaziy saylov komissiyasi YeXHTning 12 nafar kuzatuvchisini akkreditatsiyadan o‘tkazdi
6 iyun 2023, 11:55

Markaziy saylov komissiyasi YeXHTning 12 nafar kuzatuvchisini akkreditatsiyadan o‘tkazdi

Markaziy saylov komissiyasi YeXHT DIIHBning 12 nafar saylovni kuzatuvchi missiyasi vakillarini ro‘yxatga oldi, shuningdek, prezidentlikka nomzodlarning ishonchli vakillarini ro‘yxatdan o‘tkazdi.

Foto: Qatar amiri va O‘zbekiston prezidenti Samarqand bo‘ylab sayr qildi
5 iyun 2023, 22:37

Foto: Qatar amiri va O‘zbekiston prezidenti Samarqand bo‘ylab sayr qildi

Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Samarqanddagi Mirzo Ulug‘bek rasadxonasi, Afrosiyob muzeyi, Registon maydoni va “Boqiy shahar” majmuasini borib ko‘rdi.

Foto: Qatar amiri O‘zbekistonga keldi
5 iyun 2023, 19:25

Foto: Qatar amiri O‘zbekistonga keldi

Qatar Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Uni Samarqand aeroportida prezident Shavkat Mirziyoyev kutib oldi.

O‘zbekiston Qatar fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi
5 iyun 2023, 17:25

O‘zbekiston Qatar fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi

O‘zbekiston Qatar fuqarolari uchun 30 kunlik muddatga vizasiz rejim joriy qildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri mamlakatga keladigan kunda bu haqdagi farmonni imzoladi.

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi
5 iyun 2023, 16:42

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston-Qatar sammitida ishtirok etish uchun Samarqandga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan muzokaralar olib boradi.

MSK to‘rt nafar prezidentlikka nomzodni ro‘yxatga oldi, tashviqotlar 7-iyundan boshlanadi
5 iyun 2023, 11:40

MSK to‘rt nafar prezidentlikka nomzodni ro‘yxatga oldi, tashviqotlar 7-iyundan boshlanadi

Markaziy saylov komissiyasi siyosiy partiyalar tomonidan tasdiqlangan to‘rt nafar nomzodni O‘zbekiston prezidentligiga nomzod sifatida ro‘yxatga oldi. Saylovoldi tashviqotlari esa 7-iyundan boshlanishi belgilandi.

Qatar amiri 5−6-iyun kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi
4 iyun 2023, 18:15

Qatar amiri 5−6-iyun kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi

Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy 5−6-iyun kunlari davlat tashrifi bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Tashrifning asosiy tadbirlari Samarqand shahrida o‘tkaziladi.

Shavkat Mirziyoyev Rejep Erdog‘anning inauguratsiyasida ishtirok etdi. Foto
4 iyun 2023, 01:24

Shavkat Mirziyoyev Rejep Erdog‘anning inauguratsiyasida ishtirok etdi. Foto

O‘zbekiston prezidenti Anqaraga tashrifi davomida Turkiya prezidenti etib qayta saylangan Rejep Erdog‘anning inauguratsiya marosimida qatnashdi. Tadbir doirasida Shavkat Mirziyoyev boshqa mamlakatlar yetakchilari va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan fikr almashdi. Foto.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting