Siyosat

O‘zbekistonda deputatlarni saylashning aralash tizimiga o‘tiladi
10 may 2023, 11:51

O‘zbekistonda deputatlarni saylashning aralash tizimiga o‘tiladi

O‘zbekistonda Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari korpusini shakllantirish uchun majoritar-proporsional (aralash) saylov tizimini joriy etish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston prezidentligi uchun saylov kampaniyasiga start berildi
10 may 2023, 11:38

O‘zbekiston prezidentligi uchun saylov kampaniyasiga start berildi

O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezident saylovi kampaniyasi 10-maydan boshlandi. MSK saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha Kalendar rejani tasdiqladi. Unga ko‘ra prezidentlikka nomzodlarni ro‘yxatga olish 6-iyungacha amalga oshiriladi.

Foto: Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etdi
9 may 2023, 18:06

Foto: Shavkat Mirziyoyev Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston prezidentlari, shuningdek, Armaniston bosh vaziri bilan birgalikda Moskvadagi G‘alaba paradida ishtirok etdi. Noma’lum askar qabriga gulchambar ham qo‘ydi.

Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi
9 may 2023, 00:58

Shavkat Mirziyoyev Moskvada Vladimir Putin bilan uchrashdi

Moskvaga amaliy tashrif bilan borgan O‘zbekiston prezidenti Kremlda Rossiya prezidenti bilan uchrashdi. Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

P2P o‘tkazmalari ustidan soliq nazoratini o‘rnatish bo‘yicha yangi qoida bekor qilinadi
8 may 2023, 19:56

P2P o‘tkazmalari ustidan soliq nazoratini o‘rnatish bo‘yicha yangi qoida bekor qilinadi

Shavkat Mirziyoyev 1-iyundan jismoniy shaxslar o‘rtasidagi pul o‘tkazmalari ustidan soliq nazorati o‘rnatilishini bekor qilishni nazarda tutuvchi yangi Konstitutsiyani amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

O‘zbekiston prezidenti Moskvada G‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi
8 may 2023, 19:32

O‘zbekiston prezidenti Moskvada G‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ishtirok etadi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskvaga jo‘nab ketdi. Davlat rahbari Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 78 yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

MSK muddatidan avvalgi prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi
8 may 2023, 17:43

MSK muddatidan avvalgi prezident sayloviga tayyorgarlik ko‘rishni boshladi

Markaziy saylov komissiyasi 9-iyulda bo‘lib o‘tadigan muddatidan avvalgi O‘zbekiston prezidenti saylovini o‘tkazishga tayyorgarlik ishlarini boshladi. Komissiya 10-may kuni saylov kampaniyasi boshlanishini e’lon qilmoqchi.

O‘zbekistonlik dzyudochi Dilshodbek Baratov jahonning vitse-chempioni bo‘ldi
8 may 2023, 17:16

O‘zbekistonlik dzyudochi Dilshodbek Baratov jahonning vitse-chempioni bo‘ldi

Dohada o‘tkazilayotgan dzyudo bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kunida o‘zbekistonlik Dilshodbek Baratov kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi 9-iyul kuni o‘tkaziladi
8 may 2023, 15:06

Muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi 9-iyul kuni o‘tkaziladi

Shavkat Mirziyoyev muddatidan ilgari prezidenti saylovini 9-iyulda o‘tkazish bo‘yicha farmonni imzoladi.

Shavkat Mirziyoyev muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lishini e’lon qildi
8 may 2023, 13:26

Shavkat Mirziyoyev muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lishini e’lon qildi

Prezident O‘zbekiston davlat rahbari lavozimiga muddatidan ilgari saylov bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. U nima uchun 3,5 yillik prezidentlik muddatidan o‘z tashabbusi bilan “voz kechayotganligini” tushuntirdi.

“O‘zbekiston — dunyoviy davlat va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi” — Shavkat Mirziyoyev
8 may 2023, 13:02

“O‘zbekiston — dunyoviy davlat va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi” — Shavkat Mirziyoyev

“O‘zbekiston — dunyoviy davlat va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi”, — deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev referendum yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuvda. Davlat rahbari mamlakatda har qanday radikallashuvga, dindan siyosiy maqsadlarda foydalanishga hech qachon yo‘l qo‘yilmasligini aytdi.

Hukumat davlat o‘ziga olgan har bir yangi majburiyat bo‘yicha dastur ishlab chiqadi
8 may 2023, 12:32

Hukumat davlat o‘ziga olgan har bir yangi majburiyat bo‘yicha dastur ishlab chiqadi

Shavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasiga 1-avgustga qadar davlat o‘ziga olgan har bir yangi majburiyat bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqib, parlamentga kiritishini topshirdi.

“Yangilangan Konstitutsiyamizning chinakam muallifi xalqimiz bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev
8 may 2023, 11:55

“Yangilangan Konstitutsiyamizning chinakam muallifi xalqimiz bo‘ldi” — Shavkat Mirziyoyev

Prezident referendum yakunlariga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazib, referendum davomida umumxalq muhokamalarida faol va munosib ishtirok etgan millionlab yurtdoshlarni e’tirof etdi. “Yangilangan Konstitutsiyamizning chinakam muallifi xalqimiz bo‘ldi, deb aytishga barcha asoslarimiz bor”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston Saylov kodeksi muddatidan ilgari saylovlar haqidagi moddalar bilan to‘ldirildi
8 may 2023, 11:24

O‘zbekiston Saylov kodeksi muddatidan ilgari saylovlar haqidagi moddalar bilan to‘ldirildi

Saylov kodeksiga prezident, Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolarining navbatdan tashqari saylovlarini o‘tkazish yuzasidan o‘zgartishlar kiritildi. Prezident davlat rahbari uchun muddatidan ilgari saylovlarni tayinlaganida, ular 2 oy ichida o‘tkazilishi kerak.

Qatar O‘zbekistonda elchixona ochdi
8 may 2023, 09:07

Qatar O‘zbekistonda elchixona ochdi

Toshkentda Qatar elchixonasi ochildi. Marosimda Qatar tashqi ishlar davlat vaziri Sulton bin Saad al-Murayxiy ishtirok etdi.

MB rahbari o‘rinbosari Ilxomjon Abdugafarov transport vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi
6 may 2023, 20:18

MB rahbari o‘rinbosari Ilxomjon Abdugafarov transport vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Prezident Ilxomjon Abdugafarovni transport vaziri o‘rinbosari etib tayinladi. Bunga qadar u Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

FIFA rahbari O‘zbekiston prezidentiga familiyasi tushirilgan 24-raqamli futbolka tortiq qildi
5 may 2023, 23:45

FIFA rahbari O‘zbekiston prezidentiga familiyasi tushirilgan 24-raqamli futbolka tortiq qildi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va FIFA rahbari Janni Infantino uchrashuvida O‘zbekistonda futbolni ommalashtirish va yirik tadbirlarni o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, sport tashkiloti rahbari mamlakat prezidentiga uning familiyasi hamda 24 raqami tushirilgan futbolka tortiq qildi.

Emmanuel Makron O‘zbekistonga tashrif buyuradi
5 may 2023, 12:51

Emmanuel Makron O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron 2023-yilda O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan keladi.

Timur Muhamedjonov “O‘zkimyosanoat”ga rahbar bo‘ldi
4 may 2023, 14:12

Timur Muhamedjonov “O‘zkimyosanoat”ga rahbar bo‘ldi

“O‘zkimyosanoat” kompaniyasiga avval “O‘zkimyoimpeks” korxonasi direktori lavozimida ishlab kelgan Timur Muhamedjonov rahbar etib tayinlandi.

Vochaxliklarning aksariyati tog‘ga chorva boqishga chiqib ketgani uchun referendumda qatnashmagan — MSK
4 may 2023, 12:33

Vochaxliklarning aksariyati tog‘ga chorva boqishga chiqib ketgani uchun referendumda qatnashmagan — MSK

Surxondaryoning Vochax qishlog‘ida 30-aprel kuni referendum o‘tkazilmagani, qishloq ahliga byulleten ham berilmagani aytilgandi. MSK mazkur hudud uchun ko‘chma quti yuborilgani, biroq aksariyat fuqarolar chorva mollariga qarash uchun tog‘ga chiqib ketgani sababli yashash manzilida bo‘lmaganini ma’lum qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting