Siyosat

Senat “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi
29 sentabr 2023, 12:50

Senat “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunni ma’qulladi

Senatorlar navbatdagi yalpi majlisda “Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonunni ma’qullandi.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
28 sentabr 2023, 19:52

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining ikki o‘rinbosari — Sarvar Xamidov va Olimxon Rustamov lavozimidan ozod etildi.

Sud hukmi ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati 20 sutkadan 10 sutkaga qisqartiriladi
28 sentabr 2023, 14:57

Sud hukmi ustidan apellyatsiya shikoyatini berish muddati 20 sutkadan 10 sutkaga qisqartiriladi

O‘zbekistonda sud hukmi ustidan apellyatsiya shikoyatlarini berish muddatlari 20 sutkadan 10 sutkaga qisqartiriladi. Shuningdek, sud hukmi, ajrimini va qarorini ijro etishda yuzaga kelgan masalalarni hal qilish to‘g‘risidagi ajrim ustidan xususiy shikoyat berish va protest bildirish tartibi belgilandi.

Dilshod Axatov O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi etib tayinlandi
27 sentabr 2023, 23:33

Dilshod Axatov O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi etib tayinlandi

Prezidentning Germaniyaga tashrifi arafasida O‘zbekistonning yangi elchisi Dilshod Axatov ushbu mamlakatga yetib bordi. U avval Hindistonda elchi bo‘lib ishlagan.

O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Germaniyaga boradi
27 sentabr 2023, 23:11

O‘zbekiston prezidenti amaliy tashrif bilan Germaniyaga boradi

Berlinda Markaziy Osiyo davlatlari va Germaniya davlat rahbarlarining muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Ularda O‘zbekiston prezidenti ham ishtirok etadi.

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudlanuvchi vafot etgan bolalarning yaqinlariga ta’ziya bildirdi
27 sentabr 2023, 18:08

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudlanuvchi vafot etgan bolalarning yaqinlariga ta’ziya bildirdi

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha ayblanuvchilardan biri sud majlisidagi nutqini marhum 65 nafar bolaning oila a’zolariga hamdardlik bildirishdan boshladi. U pora oldi-berdisida vositachilik qilganini tan oldi va hind ishlab chiqaruvchisidan boshlig‘iga 33 ming dollarni qanday yetkazib berganini aytib berdi.

O‘zbekistonda 100 ming nafardan kam bo‘lmagan jamoa qonunchilik takliflarini berishi mumkin bo‘ladi
27 sentabr 2023, 14:55

O‘zbekistonda 100 ming nafardan kam bo‘lmagan jamoa qonunchilik takliflarini berishi mumkin bo‘ladi

O‘zbekistonda 100 ming nafardan kam bo‘lmagan fuqarolar, Senat, Ombudsman va Markaziy saylov komissiyasiga qonunchilik takliflarini Qonunchilik palatasiga kiritish huquqi berilishi mumkin.

“Bizni bitta narsa qutqaradi — sadoqat, vatanga muhabbat va fidoyilik” — prezident
27 sentabr 2023, 14:32

“Bizni bitta narsa qutqaradi — sadoqat, vatanga muhabbat va fidoyilik” — prezident

“Yettilik”ga aylangan “mahalla beshligi” tizimi “eshituvchi davlat” konsepsiyasini hayotga tatbiq etish maqsadida yaratilgan, — dedi Shavkat Mirziyoyev. “Odamlarning bizga bergan ishonchini oqlaymiz desak, bizni bitta narsa qutqaradi — sadoqat, vatanga muhabbat va fidoyilik”.

Jurnalistlardan yuzlab bolalarning kasalxonaga yotqizilishi masalasini “kovlamaslik” so‘raldi
26 sentabr 2023, 15:28

Jurnalistlardan yuzlab bolalarning kasalxonaga yotqizilishi masalasini “kovlamaslik” so‘raldi

Namanganda jurnalistlar shifoxonaga yotqizilgan bolalar bilan bog‘liq vaziyatni yoritish bo‘yicha rasmiylar bilan tortishdi. O‘zini SSV rahbari yordamchisi sifatida tanishtirgan shaxs vazirga intervyu berish taqiqlanganini aytdi. “Bolalar kasallanayotgan paytda sukut saqlab bo‘lmaydi”, deb javob berdi jurnalistlar.

Mudofaa vaziri Toshkentda AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbari bilan uchrashdi
26 sentabr 2023, 12:07 1

Mudofaa vaziri Toshkentda AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbari bilan uchrashdi

O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov AQSh Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni Maykl Kurilla bilan uchrashdi. Tomonlar harbiy sohada hamkorlikni davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.

O‘zbekistonda Vengriyaning yangi elchisi ish boshladi
25 sentabr 2023, 13:30

O‘zbekistonda Vengriyaning yangi elchisi ish boshladi

Vengriyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Yojef Roja tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Qonunchilik palatasi va Senat vakolatlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilmoqda
25 sentabr 2023, 13:27

Qonunchilik palatasi va Senat vakolatlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilmoqda

O‘zLiDeP fraksiyasida Qonunchilik palatasi va Senat vakolatlarini yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirishga oid qonun loyihasi ko‘rib chiqildi. Unga ko‘ra, parlament palatalariga o‘zini o‘zi tarqatib yuborish vakolatini berish, quyi palata spikeri o‘rinbosarlarini 7 tadan 2 tagacha qisqartirish kutilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti Jorjo Napolitano vafoti munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi
24 sentabr 2023, 14:35

Shavkat Mirziyoyev Italiya sobiq prezidenti Jorjo Napolitano vafoti munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Italiyaning sobiq prezidenti, senator Jorjo Napolitano vafoti munosabati bilan mamlakat prezidenti va xalqiga ta’ziya yo‘lladi.

Shavkat Mirziyoyev Chust tumanidagi bolalar sog‘lig‘i bilan bog‘liq holatdan qattiq tashvishda — matbuot xizmati
22 sentabr 2023, 19:46

Shavkat Mirziyoyev Chust tumanidagi bolalar sog‘lig‘i bilan bog‘liq holatdan qattiq tashvishda — matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Chust tumanida 70 dan ortiq bolaning zaharlanishi bilan bog‘liq vaziyatdan “qattiq tashvishda”, deya ma’lum qildi uning matbuot kotibi. Davlat rahbari muntazam ravishda vaziyat yuzasidan hisobotlar olib, mas’ullarga alohida nazoratga olish bo‘yicha topshiriqlar bermoqda.

BMTning Loyiha xizmatlari boshqarmasi (YUNOPS) O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochadi
22 sentabr 2023, 09:50

BMTning Loyiha xizmatlari boshqarmasi (YUNOPS) O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini ochadi

BMTning Loyiha xizmatlari bo‘yicha boshqarmasi (YUNOPS) O‘zbekiston bilan bitim imzoladi. Hamkorlik sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish, epidemiyaga tayyorgarlik darajasini oshirish va mamlakat ta’lim infratuzilmasini yaxshilash yo‘nalishlarini o‘z ichiga oladi.

Jahon banki maslahat kengashi O‘zbekistonga investitsiya jalb etishda yordam beradi
21 sentabr 2023, 10:11

Jahon banki maslahat kengashi O‘zbekistonga investitsiya jalb etishda yordam beradi

Shavkat Mirziyoyev va Jahon banki guruhi prezidenti uchrashuvida bankning Maslahat kengashi ko‘magida investitsiyalar oqimini oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini tiklash borasidagi qat’iyatini olqishlaymiz — Codiq Safoyev
20 sentabr 2023, 14:48

Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini tiklash borasidagi qat’iyatini olqishlaymiz — Codiq Safoyev

Senat raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev O‘zbekiston Ozarbayjonning hududiy yaxlitligini tiklash borasidagi qat’iyatini olqishlashini ta’kidladi. “Ishonchim komilki, Ozarbayjon yaqinda Qorabog‘ni dunyoning eng jannatmakon hududlaridan biriga aylantiradi”, — dedi u.

BMT “O‘zbekiston-2030” strategiyasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor — Antoniu Guterrish
20 sentabr 2023, 13:58

BMT “O‘zbekiston-2030” strategiyasini qo‘llab-quvvatlashga tayyor — Antoniu Guterrish

BMT va uning institutlari “O‘zbekiston-2030” islohotlar strategiyasini amalga oshirishda yordam ko‘rsatishga tayyor, dedi tashkilot rahbari Antoniu Guterrish Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda.

“Biz birgalikda kuchliroqmiz”. Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh prezidentlari birinchi sammitda nimalarni muhokama qildi?
20 sentabr 2023, 11:55

“Biz birgalikda kuchliroqmiz”. Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh prezidentlari birinchi sammitda nimalarni muhokama qildi?

Nyu-Yorkda Markaziy Osiyo davlatlari va AQSh rahbarlarining “C5+1” formatidagi 1-sammiti bo‘lib o‘tdi. Muzokaralarda terrorizmga qarshi kurash, mintaqaviy iqtisodiy aloqalar va energiya xavfsizligi masalalariga e’tibor qaratildi. AQSh “C5+1” doirasida yangi platformalar yaratishni taklif qildi. Tafsilotlar.

Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda Janubiy Koreya prezidenti bilan uchrashdi
20 sentabr 2023, 10:07

Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkda Janubiy Koreya prezidenti bilan uchrashdi

Nyu-York shahrida Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi prezidenti Yun Sok Yol bilan uchrashdi. Unda ikki davlat o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Uchrashuv yakunida Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya rahbarini O‘zbekistonga taklif qildi.

Eng ko‘p o‘qilgan xabarlar | So‘nggi yangiliklar


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting