O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov AQSh Qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Maykl Kurillani qabul qildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

Dastlab mehmonlarni faxriy qorovul ishtirokida rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Harbiy orkestr tomonidan ikki davlat madhiyasi ijro etildi.

ақш markaziy qo‘mondonligi, баҳодир қурбонов, майкл курилла

Shundan so‘ng Mudofaa vazirligi markaziy apparatida ikki tomonlama hamkorlik uchrashuvida o‘tkazildi. Unda mudofaa sohasidagi munosabatlar mustahkamlanib borayotgani qayd etildi.

Shuningdek, uchrashuvda tomonlar harbiy sohada erishilgan yutuqlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan masalalar borasida ham hamkorlikni davom ettirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi, deyiladi xabarda.

AQSh Markaziy qo‘mondonligi rahbari Maykl Kurilla 2022-yilning iyun oyida ham O‘zbekistonga tashrif buyurgandi. U tashrifini har bir mamlakat to‘qnashayotgan xavf-xatarlar va hamkorlikni mustahkamlash imkoniyatlari haqida suhbatlashishni ko‘zda tutgan “tinglash safari”ning bir qismiga qiyoslagan va maxsus kuchlar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirishni taklif qilgandi.