O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Italiya yetakchisi Serjo Mattarellaga ushbu mamlakatning sobiq prezidenti Jorjo Napolitano vafot etgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Davlat rahbari Italiya xalqiga hamda yirik davlat va jamoat arbobi, senatorning oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildirdi.

Jorjo Napolitano 1925-yil 29-iyunda Neapolda tug‘ilgan. 22-sentabr kuni Rimda 99 yoshida vafot etdi. U 2006−2015-yillarda mamlakat prezidenti bo‘lgan.