Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Vengriyaning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Yojef Rojani qabul qildi, deb xabar bermoqda vazir o‘zining Telegram kanalida.

Elchi vazirga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi. Uchrashuvda tomonlar ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari va yaqin istiqboldagi rejalarni muhokama qildi.

Baxtiyor Saidov elchiga yangi diplomatik missiyasida muvaffaqiyatlar tiladi.

Eslatib o‘tamiz, Vengriya 2016-yilda Toshkentda o‘z elchixonasini ochgan, 2023-yil mart oyi oxirida esa Budapeshtda O‘zbekiston elchixonasi ish boshlagan. Har ikki davlat poytaxtlari o‘rtasida 2023-yilning ikkinchi yarmidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda.