Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining ikki o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi, deya xabar qildi O‘zA vazirlik matbuot xizmatiga tayangan holda.

Jumladan, joriy yilning 20-fevralidan buyon vazir o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Sarvar Xamidov lavozimidan ozod qilindi. Uning bo‘shatilish sababi ma’lum qilingani yo‘q.

Shuningdek, Olimxon Rustamov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi. Olimxon Rustamov ham 2023-yil fevralida investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari etib tayinlangan edi. Ungacha 2019-yil sentabridan iqtisodiyot va sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi. Ungacha Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.