Siyosat

Oliy ta’lim vazirligi barcha kasb-hunar ta’limi muassasalarini yaxlit tizim sifatida muvofiqlashtiradi
5 oktabr 2023, 15:11

Oliy ta’lim vazirligi barcha kasb-hunar ta’limi muassasalarini yaxlit tizim sifatida muvofiqlashtiradi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barcha kasb-hunar ta’limi muassasalarini yaxlit tizim sifatida muvofiqlashtiradi, deya ta’kidlandi prezidentga qilingan taqdimotda. Kelgusi o‘quv yilidan boshlab ayrim texnikumlarda xalqaro dastur asosida o‘qitishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

O‘zbekiston prezidenti Tataristonga bordi
5 oktabr 2023, 14:42

O‘zbekiston prezidenti Tataristonga bordi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga rasmiy tashrifining birinchi manzili — Qozon shahriga keldi. Bu uning Tataristonga ilk tashrifi hisoblanadi.

Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi kutilmoqda
5 oktabr 2023, 14:05

Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga tashrifi kutilmoqda

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida 13-oktabr kuni MDH davlat rahbarlari kengashi majlisi bo‘lib o‘tadi. Unda hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar rahbarlari, xususan, O‘zbekiston prezidenti ham ishtirok etishi kutilmoqda.

Vazir o‘rinbosari Qashqadaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
5 oktabr 2023, 10:42

Vazir o‘rinbosari Qashqadaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan Olimxon Rustamov Qashqadaryo viloyati hokimining o‘rinbosari bo‘ldi.

Jahongir Aminov O‘zbekistonning Isroildagi yangi elchisi bo‘ldi
5 oktabr 2023, 10:17

Jahongir Aminov O‘zbekistonning Isroildagi yangi elchisi bo‘ldi

Jahongir Aminov O‘zbekistonning Isroildagi yangi elchisi bo‘ldi. U bu lavozimda 2020-yildan buyon ishlab kelgan Feruza Mahmudovaning o‘rnini egalladi.

Qozon shahrida O‘zbekiston va Rossiya mintaqalararo hamkorlikning uchinchi forumi bo‘lib o‘tadi
4 oktabr 2023, 16:50

Qozon shahrida O‘zbekiston va Rossiya mintaqalararo hamkorlikning uchinchi forumi bo‘lib o‘tadi

4-oktabr kuni Tatariston poytaxti Qozon shahrida O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlikning uchinchi forumi bo‘lib o‘tadi.

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Rossiyaga boradi
4 oktabr 2023, 15:33

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Rossiyaga boradi

Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinning taklifiga binoan 5−7-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan Rossiyada bo‘ladi. Shuningdek, u Tataristonga ham tashrif buyuradi.

Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda
4 oktabr 2023, 10:47

Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda

Kanadaning O‘zbekistondagi elchisi Elison Lekler o‘z missiyasini yakunlamoqda. Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov unga mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.

Toshkentda Qatar amiri ta’sis etgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha global mukofotning topshirish marosimi o‘tkaziladi
4 oktabr 2023, 10:38

Toshkentda Qatar amiri ta’sis etgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha global mukofotning topshirish marosimi o‘tkaziladi

Yil oxirida Toshkent shahrida Qatar amiri ta’sis etgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha global mukofotning topshirish marosimi o‘tkaziladi. Unda Qatar davlatining rahbariyati ham ishtirok etishi kutilmoqda.

1-oktabrdan nimalar o‘zgaradi?
3 oktabr 2023, 17:17

1-oktabrdan nimalar o‘zgaradi?

Biznes uchun elektr energiyasi va gaz narxi oshadi, og‘ir vaziyatga tushib qolgan oilalarga kompleks yordam ko‘rsatiladi, qamoqdan chiqqanlarni ishga olganlarga subsidiya ajratiladi, eksklyuziv huquqqa ega subyektlarning reyestri shakllantiriladi — 1-oktabrdan nimalar o‘zgaradi?

Saxi Annaklichev Biznesni rivojlantirish banki raisi etib tayinlandi
3 oktabr 2023, 10:06

Saxi Annaklichev Biznesni rivojlantirish banki raisi etib tayinlandi

Saxi Annaklichev Biznesni rivojlantirish banki boshqaruvi raisi etib tayinlandi. U bunga qadar “O‘zsanoatqurilishbank” raisi lavozimida ishlab kelayotgandi.

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi
2 oktabr 2023, 21:02

O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi

O‘zbekiston prezidenti Dohada Qatar amiri bilan muzokaralar o‘tkazdi. Mamlakatlar o‘rtasida qator hujjatlar imzolandi. Dohada O‘zbekiston elchixonasi ochildi.

O‘zbekistonning Isroildagi elchisi Feruza Mahmudova o‘z missiyasini yakunlamoqda
2 oktabr 2023, 17:36

O‘zbekistonning Isroildagi elchisi Feruza Mahmudova o‘z missiyasini yakunlamoqda

2020-yildan buyon O‘zbekistonning Isroildagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Feruza Mahmudova o‘z missiyasini yakunlamoqda. Mamlakat tashqi ishlar vaziri Eli Koen elchiga yuksak faoliyati uchun minnatdorlik bildirdi.

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qatarga boradi
1 oktabr 2023, 10:43

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Qatarga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1−2-oktabr kunlari davlat tashrifi bilan Qatarda bo‘lib, u yerda oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, Doha shahrida EXPO 2023 ko‘rgazmasi ochilish marosimida ishtirok etadi.

Oliy ta’lim bo‘yicha qamrov 42 foizga yetdi — prezident
30 sentabr 2023, 16:55

Oliy ta’lim bo‘yicha qamrov 42 foizga yetdi — prezident

O‘zbekistonda oxirgi yetti yilda maktabgacha ta’lim bo‘yicha qamrov darajasi 27 foizdan 72 foizga, oliy ta’limda esa 9 foizdan 42 foizga yetdi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha xodimlariga yuborgan tabrigida ma’lum qildi.

Senat ombudsmanga o‘rinbosar sayladi
30 sentabr 2023, 14:47

Senat ombudsmanga o‘rinbosar sayladi

Senat Bekzod Narimanovni O‘zbekiston ombudsmanining o‘rinbosari etib sayladi. Avgust oyida uning nomzodi Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullangandi.

Senat jamoat joylarida yuzni to‘sib yurishni ta’qiqlovchi qonunni ma’qulladi
30 sentabr 2023, 11:41

Senat jamoat joylarida yuzni to‘sib yurishni ta’qiqlovchi qonunni ma’qulladi

Senatorlar jamoat joylarida tanish imkonini bermaydigan darajada yuzni to‘sganlik uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan qonunni maqulladi. Shu bilan birga, qonun bilan jamoat joylarida ibodat liboslarida yurganlik uchun belgilangan ma’muriy javobgarlik bekor qilinmoqda.

SSVning sobiq rahbari Alisher Shadmanov ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun taqdirlandi
30 sentabr 2023, 10:29

SSVning sobiq rahbari Alisher Shadmanov ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun taqdirlandi

Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari, Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, sobiq sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanovni “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirladi.

Berlinda birinchi “Markaziy Osiyo — Germaniya” sammiti bo‘lib o‘tdi
30 sentabr 2023, 07:43

Berlinda birinchi “Markaziy Osiyo — Germaniya” sammiti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston prezidenti Berlinda birinchi “Markaziy Osiyo — Germaniya” sammitida ishtirok etdi. MO davlatlari yetakchilari Germaniyaning mintaqa va Germaniya o‘rtasida strategik mintaqaviy sheriklikni yo‘lga qo‘yish, ushbu formatda muntazam uchrashuv va maslahatlashuvlar o‘tkazib borish taklifini qo‘llab-quvvatladilar.

Uzbekistan Airways Senatning aviakassalarda byurokratik muammoni hal qilish haqidagi so‘rovini rad etdi
29 sentabr 2023, 16:46

Uzbekistan Airways Senatning aviakassalarda byurokratik muammoni hal qilish haqidagi so‘rovini rad etdi

Senator Qutbiddin Burxonov Uzbekistan Airways kassalarida chipta sotib olishda fuqarolik pasportining asl nusxasi talab qilinishini tanqid qildi. Senat bu muammoni hal etish yuzasidan kompaniyaga so‘rov yuborgan. Kompaniya “muammoni hal qilish imkonsiz” ekanini aytib, so‘rovni rad etgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting