Jahongir Davlatovich Aminov O‘zbekistonning Isroildagi yangi elchisi bo‘ldi. Bu haqda X.com (avvalgi Twitter)da Isroilning Toshkentdagi elchisi Zexavit Ben-Gilel xabar berdi.
U Jahongir Aminovga muvaffaqiyatlar tiladi va Isroildagi avvalgi tajribasi ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga yordam berishini ta’kidladi.
Jahongir Aminov 2019-yil oktabr oyidan buyon Tashqi ishlar vazirligi Tashqi iqtisodiy hamkorlik bosh boshqarmasining Xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va moliyaviy-texnik ko‘maklashish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi. Undan avval TIVning MDH davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Telegramdan foydalanasizmi? Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun kanalimizga a’zo bo‘ling.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yildan buyon O‘zbekistonning Isroildagi elchisi lavozimida ishlab kelgan Feruza Mahmudova o‘z missiyasini yakunlagani haqida xabar berilgandi.