Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘zbekistondagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Kanada elchisi Elison Lekler bilan uchrashdi, deya xabar bermoqda vazirlik matbuot xizmati.

Uchrashuvda energetikadan tortib ta’limgacha bo‘lgan ko‘plab sohalardagi ikki tomonlama munosabatlar ulkan salohiyatga ega ekanini alohida ta’kidlangan.

“O‘tgan yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun elchi xonimga o‘z minnatdorligimizni bildiramiz va kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — dedi vazir.

Eslatib o‘tamiz, Elison Lekler mamlakatda elchilik faoliyatini 2021-yilning iyul oyida boshlagan.