O‘zbekistonning Isroildagi elchisi Feruza Mahmudova mazkur mamlakatdagi missiyasini yakunlamoqda. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda

Isroil tashqi ishlar vaziri Eli Koen bilan uchrashuvda ikki tomonlama hamkorligining joriy kun tartibi muhokama qilindi. Vazir Isroil tomoni O‘zbekiston bilan faol rivojlanib borayotgan hamkorlikni yuksak qadrlashini ta’kidladi.

Mulqot yakunida Eli Koen Feruza Mahmudovaga O‘zbekistonning Isroildagi elchisi lavozimida amalga oshirgan yuksak faoliyati uchun minnatdorlik bildirib, kelgusidagi diplomatik faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi, deyiladi xabarda.

исроилдаги elchi, феруза маҳмудоva

Foto: “Dunyo”

Feruza Maxmudova 2020-yilning 19-iyun kuni Senat tomonidan O‘zbekistonning Isroil davlatidagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimiga tayinlangan edi. O‘shanda Senat raisi Tanzila Narbayeva O‘zbekiston diplomatiyasi tarixida ilk bor ayol kishi elchi sifatida faoliyatini boshlayotganini ma’lum qilgan edi.

Aytib o‘tish joizki, O‘zbekiston birinchi prezidentining qizi Gulnora Karimova O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi (2010−2012) sifatida faoliyat olib borgan.