Senatning qirq beshinchi yalpi majlisida O‘zbekiston Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘rinbosarini saylash masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Senatning xabar qilishicha, bu lavozimga Bekzod Abduvaliyevich Narimanov saylandi.

15-avgust kuni Qonunchilik palatasi deputatlari Bekzod Narimanov nomzodini ma’qullagandi.

Bekzod Narimanov (1984-yilda tug‘ilgan) 2021-yildan Toshkent davlat yuridik universitetining “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi mudiri, yuridik fanlar falsafasi doktori (PhD).