Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan 5−7-oktabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi, deya xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati.

Tashrif dasturiga muvofiq, Moskva shahrida ikki davlat yetakchilarining muzokaralari bo‘lib o‘tadi. Davlat rahbari Rossiya hukumati raisi Mixail Mishustin bilan ham uchrashadi.

Bo‘lajak uchrashuvlar kun tartibidan ikki tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari o‘rin olgan. Amaliy hamkorlikni, eng avvalo, savdo va iqtisodiyot, investitsiya, migratsiya va gumanitar sohalarda kengaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Tataristonga tashrif buyurib, respublika rahbari Rustam Minnixanov bilan muzokara o‘tkazishi ko‘zda tutilgan.