Prezident Shavkat Mirziyoyev 5-oktabr kuni Rossiyaga rasmiy tashrifining birinchi manzili — Qozon shahriga keldi, deb xabar bermoqda davlat rahbarining matbuot xizmati. Bu Shavkat Mirziyoyevning Tataristonga ilk tashrifidir.

Abdulla To‘qay nomidagi xalqaro aeroportda O‘zbekiston prezidentini Rossiya hukumati raisining o‘rinbosari — sanoat va savdo vaziri Denis Manturov va Tatariston raisi Rustam Minnixanov kutib oldi.

6-oktabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tadigan oliy darajadagi uchrashuvda ikki mamlakat yetakchilari O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni, eng avvalo, siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.