Siyosat

“Bu dahshatli zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaymiz” — O‘zbekiston TIV G‘azodagi kasalxonaga berilgan zarba haqida
18 oktabr 2023, 11:49

“Bu dahshatli zo‘ravonlik harakatini keskin qoralaymiz” — O‘zbekiston TIV G‘azodagi kasalxonaga berilgan zarba haqida

18-oktabrga o‘tar kechasi G‘azo sektoridagi “Al-Ahli” kasalxonasiga zarba berilishi oqibatida yuzlab odamlar halok bo‘ldi. O‘zbekiston TIV buni “dahshatli zo‘ravonlik” deb atadi. “Buni xalqaro gumanitar huquqning qo‘pol buzilishi deb hisoblaymiz”, — deyiladi vazirlik xabarida.

O‘zbekiston yil oxirigacha Qo‘shtepa kanali yuzasidan Afg‘onistonga hukumat delegatsiyasini yuboradi
17 oktabr 2023, 22:57

O‘zbekiston yil oxirigacha Qo‘shtepa kanali yuzasidan Afg‘onistonga hukumat delegatsiyasini yuboradi

“Tolibon” qurayotgan Qo‘shtepa kanali qurilishi yuzasidan O‘zbekiston hukumati delegatsiyasi tuzilmoqda va u muzokaralar o‘tkazish uchun yil oxirigacha Afg‘onistonga yuboriladi, deya ma’lum qildi “Gazeta.uz” bilan suhbatda delegatsiya a’zosi, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov.

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga kelishga taklif etdi
17 oktabr 2023, 18:15

Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga kelishga taklif etdi

O‘zbekiston prezidenti XXR raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazdi. Unda Toshkentda Sinxua va Pekin universitetlari filiallarini ochish taklifi bildirildi. Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev Si Szinpinni O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga rahbar tayinlandi
17 oktabr 2023, 15:08

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga rahbar tayinlandi

Shamsiddin Soxibnazarov Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti rahbari bo‘ldi.

O‘zbekiston prezidenti Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqishni taklif qildi
16 oktabr 2023, 18:36

O‘zbekiston prezidenti Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqishni taklif qildi

Dunyoning turli mintaqalaridagi nizo va beqaror vaziyatlar turizmga pandemiyadan ko‘ra ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda, dedi O‘zbekiston prezidenti YUNVTO Bosh assambleyasining 25-sessiyasi ochilishida. U Global xavfsiz turizm kodeksini ishlab chiqish hamda sohani rivojlantirish bo‘yicha qator takliflarni ilgari surdi.

Shavkat Mirziyoyev YUNVTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashdi
16 oktabr 2023, 16:47

Shavkat Mirziyoyev YUNVTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashdi

Samarqandda Shavkat Mirziyoyev YUNVTO bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashib, ko‘p qirrali hamkorlik masalalarini muhokama qildi. Tashkilot sammiti doirasida shaharda Xalqaro turizm akademiyasi va “Ipak yo‘li” tematik ofisi ochiladi.

“Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekish kerak” — Shavkat Mirziyoyev
16 oktabr 2023, 12:41

“Daraxtlarni nomiga emas, hayotimiz, ertangi kunimiz uchun ekish kerak” — Shavkat Mirziyoyev

“Yashil makon” loyihasi doirasidagi daraxtlarni nomiga emas, “hayotimiz uchun, o‘pkamizning tozaligi uchun ekish zarur, chunki bu o‘zimizga, jamiyatimizga, salomatligimizga kerak”, — dedi O‘zbekiston prezidenti.

Namangan va Andijon FVBlariga boshliqlar tayinlandi
16 oktabr 2023, 09:48

Namangan va Andijon FVBlariga boshliqlar tayinlandi

Bunyod Egamnazarov Namangan viloyati, Botir Ashurov esa Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmalariga boshliq etib tayinlandi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga boradi
16 oktabr 2023, 08:11

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga boradi

Prezident 17−18-oktabr kunlari amaliy tashrif bilan Xitoyda bo‘ladi. Davlat rahbari “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro forumi tadbirlarida ishtirok etishi, XXR raisi, shuningdek, Xitoy Xalq siyosiy maslahat kengashi raisi bilan uchrashishi kutilmoqda.

Prezident Tashkent City hududidagi opera teatri qurilishini ko‘zdan kechirdi
15 oktabr 2023, 21:39

Prezident Tashkent City hududidagi opera teatri qurilishini ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston prezidenti Tashkent City hududida qurilishi 15 kun ichida yakunlanishi rejalashtirilgan opera teatri loyihasi bilan tanishdi. Dastlab opera teatri biznes markazi loyihalariga kiritilmagan, obyekt Milliy bog‘dagi quritilgan ko‘l o‘rnida qurilishi rejalashtirilgan edi.

Prezident Toshkentda qishda issiqlikni kafolatlash bo‘yicha topshiriq berib, energiyani tejash haqida eslatdi
15 oktabr 2023, 10:50

Prezident Toshkentda qishda issiqlikni kafolatlash bo‘yicha topshiriq berib, energiyani tejash haqida eslatdi

O‘zbekiston prezidenti o‘tgan qishdan buyon “qanday xulosalar chiqarilganini ko‘rish” maqsadida Toshkentdagi qator yangi va yangilangan issiqlik ta’minoti obyektlarida bo‘ldi. Uylar va boshqa obyektlar issiq bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi. “Energiyani tejash madaniyatini oshirishimiz ham kerak”, — dedi u.

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi
14 oktabr 2023, 21:10

Shavkat Mirziyoyev Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdi

O‘zbekiston prezidenti Toshkentda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlikning borishi bilan tanishdi. Xususan, Shavkat Mirziyoyev Shayxontohur tumanida noyabr oyida foydalanishga topshirilishi kerak bo‘lgan yangi podstansiyani ko‘zdan kechirdi.

Shavkat Mirziyoyev MDHning Faxriy nishoni bilan taqdirlandi
13 oktabr 2023, 18:14

Shavkat Mirziyoyev MDHning Faxriy nishoni bilan taqdirlandi

MDH davlatlari rahbarlari sammitida Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevni MDH Faxriy nishoni bilan taqdirladi. Sadir Japarov Shavkat Mirziyoyevning do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini mustahkamlashga qo‘shgan hissasini e’tirof etdi.

Mirziyoyev MDH sammitida savdo shartnomalari qoidalarini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi
13 oktabr 2023, 17:57

Mirziyoyev MDH sammitida savdo shartnomalari qoidalarini qayta ko‘rib chiqishni taklif qildi

Bishkekdagi MDH majlisida qatnashgan Shavkat Mirziyoyev hamdo‘stlik mamlakatlarida cheklovlarsiz erkin savdo hududini shakllantirish uchun shartnoma qoidalarini qayta ko‘rib chiqishni taklif etdi. Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi, sanoat kooperatsiyasi va iqlim o‘zgarishi kabi yo‘nalishlarda ham taklif bildirdi.

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi
13 oktabr 2023, 15:46

Bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Zo‘ravon ota-onadan farzandini olib qo‘yish, bolaga himoya orderi berish va individual himoya rejasini ishlab chiqish, ta’lim muassasalarida bolalar o‘rtasida zo‘rlik qilish va kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik — O‘zbekistonda bolalarni zo‘ravonlikdan himoyalash uchun qanday choralar ko‘rish taklif etilyapti? “Gazeta.uz” sharhi.

Nurmat Otabekov Sanepidqo‘m raisiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi
13 oktabr 2023, 10:53

Nurmat Otabekov Sanepidqo‘m raisiga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

Nurmat Otabekov SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosar bo‘ldi. Xizmat qo‘mitaga aylangani munosabati bilan Botirjon Qurbonov va Qobiljon Hayitov qo‘mita raisi o‘rinbosarlari lavozimiga qayta tayinladi.

Eldor Aripov Markaziy Osiyoda musodara va cheklovsiz savdo zonasini shakllantirishga chaqirdi
13 oktabr 2023, 10:21

Eldor Aripov Markaziy Osiyoda musodara va cheklovsiz savdo zonasini shakllantirishga chaqirdi

Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti direktori Eldor Aripov 2017-yilgacha Markaziy Osiyoda birlashish haqida gapirishning imkoni bo‘lmaganini ta’kidlab, mintaqada musodara va cheklovsiz to‘liq erkin savdo zonasini shakllantirishga chaqirdi.

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda
12 oktabr 2023, 22:05

O‘zbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda

O‘zbekistonning Londondagi elchisi Said Rustamov diplomatik missiyasini yakunlamoqda. U bu lavozimda 2019-yil oktabridan beri ishlab kelmoqda.

Kamol Muxtorov O‘zbekistonning YUNESKOdagi elchisi bo‘ldi
12 oktabr 2023, 15:34

Kamol Muxtorov O‘zbekistonning YUNESKOdagi elchisi bo‘ldi

Prezident administratsiyasida ishlab kelgan Kamol Muxtorov O‘zbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili etib tayinlandi. Avvalgi vakil Umid Shadiyev Turizm qo‘mitasi raisi etib tayinlangandi.

Yevroparlament O‘zbekistonni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralashga chaqirdi
12 oktabr 2023, 13:16

Yevroparlament O‘zbekistonni Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qoralashga chaqirdi

Yevroparlament O‘zbekiston Rossiyaning Ukrainaga nisbatan harbiy harakatini qoralamaganidan afsusda ekanini bildirdi va rasmiylarni shunga chaqirdi. Yevropa Ittifoqi organi, shuningdek, “Rossiya davlat kompaniyalari va O‘zbekiston gaz sektoridan foyda ko‘ruvchi insayderlarga berilgan imtiyozlardan” afsusda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting