Kamol Muxtorov O‘zbekistonning YUNESKOdagi doimiy vakili etib tayinlandi, deya xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

Tashkilotda avvalgi doimiy vakil bo‘lgan Umid Shadiyev iyul oyida O‘zbekiston Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi raisi etib tayinlangan.

Kamol Muxtorov 1981-yilda tug‘ilgan. Samarqand davlat universiteti va London Diplomatik akademiyasini tamomlagan.

2007-yildan boshlab Investitsiya, sanoat va savdo, shuningdek, Tashqi ishlar vazirliklari tizimida ishlagan. O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi maslahatchisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

U 2019-yildan buyon O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasida mas’ul lavozimlarda ishlab kelayotgandi.