12-oktabr kuni Bishkek shahrida Qirg‘iziston prezidenti huzuridagi Milliy strategik tadqiqotlar instituti tomonidan BMT Markaziy Osiyo uchun Preventiv diplomatiya bo‘yicha mintaqaviy markazi ko‘magida VI Markaziy Osiyo ekspertlar forumi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti (SMTI)ning xabar berishicha, tadbirda mamlakat bosh vaziri Aqilbek Japarov, BMT markazi rahbari Kaxa Imnadze, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari strategik institutlari rahbarlari, Qirg‘izistonda akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik missiyalar, mustaqil tahliliy markazlar vakillari ishtirok etgan.

O‘zbekiston tomonidan institut direktori Eldor Aripov o‘z ma’ruzasida 2017-yilgacha mintaqaviy birlashish haqida gapirishning imkoni, deyarli, bo‘lmaganini ta’kidladi. Suv va chegara bilan bog‘liq hal etilmagan muammolar ko‘p bo‘lgani, qolaversa, Markaziy Osiyo iqtisodiy hamjamiyati va Markaziy Osiyo hamkorlik tashkiloti formatlari yetarli rivojlanmaganini qayd etdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda mintaqadagi barcha davlatlar ham MOHT va MOIH modellarini shakllantirishda ishtirok etmagan, ko‘p qarorlar deklarativ xususiyat kasb etgan. 2017-yil noyabr oyi bu borada “burilish davri bo‘lgan” — Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Samarqandda Markaziy Osiyo bo‘yicha konferensiya o‘tkazilgan.

“BMT Bosh Assambleyasi Markaziy Osiyo bo‘yicha rezolyutsiya qabul qilgani muhim natija. O‘ziga xos „Samarqand konsensusi“ shakllandi. Markaziy Osiyoning barcha davlatlari mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini tasdiqladi. Bu intilishni mazkur rezolyutsiya homiylari sifatida maydonga chiqqan mintaqa davlatlarining tashqi siyosatdagi hamkorlari qo‘llab-quvvatladi. Ko‘p yillar davomida birinchi marta Markaziy Osiyodagi har bir alohida davlat taqdiri nafaqat shu mamlakat tomonidan belgilanishi, balki mintaqada sodir bo‘layotgan umumiy jarayonga ham bevosita bog‘liq bo‘lishini yanada aniq angladik. Bu juda muhim va biz to‘g‘ri yo‘ldamiz”, — dedi SMTI direktori.

markaziй осиё, смти, strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti, элдор арипов

Aripovning fikricha, mavjud sur’atni saqlab qolish uchun o‘zgaruvchan sharoitda mintaqaviy hamkorlikning yangi modelini shakllantirish yo‘lida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar bog‘liqlikni mustahkamlash, Markaziy Osiyoning dunyoga ochiqligini saqlab qolish, muammoni imkoniyatga aylantirishda davom etish zarur.

Shu munosabat bilan SMTI rahbari O‘zbekiston prezidenti Dushanbe sammitida ilgari surgan quyidagi tashabbuslarni amalga oshirishga kirishish muhim, deb hisoblaydi:

  • tovar ayirboshlash miqdorini oshirish imkonini beruvchi musodara va cheklovsiz to‘liq erkin savdo zonasini shakllantirish;
  • uzoq muddatli istiqbol uchun Markaziy Osiyoda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish. Bu ayni sohada birgalikdagi sa’y-harakatga tizimli xususiyat baxsh etadi;
  • savdo-iqtisodiy kun tartibi butun majmuasi bo‘yicha hamkorlikni ta’minlashning samarali mexanizmiga aylanadigan Markaziy Osiyo davlatlari iqtisodiy kengashini tuzish.

Ta’kidlanishicha, ushbu jarayon, aslida, mintaqaviy sheriklikning asosiy poydevoriga aylanishi kerak. Ekspertning fikricha, bunday hamkorlik nafaqat umumiy manfaatga, balki hamma tomonidan qabul qilinadigan uyg‘un qadriyatlar va an’analarga asoslansa, samarali bo‘lishi mumkin.

“Aks holda, bunday hamkorlik faqat taktik, o‘zgaruvchan xususiyatga ega bo‘ladi. Doimiy qadriyatlardan farqli o‘laroq, manfaatlar o‘zgarishga, rivojlanishga moyil bo‘ladi”, — deya xulosa qildi Eldor Aripov.

O‘zbekiston prezidenti Dushanbeda bo‘lib o‘tgan Orolni qutqarish jamg‘armasi sammitida Markaziy Osiyoda suv resurslari taqchilligi va undan samarasiz foydalanish muammolari uzoq muddatga mo‘ljallangan yangi qarorlarni ishlab chiqish va amalga oshirishni talab etayotgani haqida gapirgandi.

sentabr oyidagi BMT Bosh assambleyasi minbarida Markaziy Osiyo mintaqasida “mintaqaviy o‘ziga xoslikni anglash” tuyg‘usi kuchayib borayotganini ta’kidlagandi. “Bizning tarix va kelajagimiz ham, hayotiy muhim manfaatlarimiz ham umumiydir. Mintaqaviy hamkorligimizni kengaytirishdan boshqa yo‘limiz yo‘q!”, — degan davlat rahbari.