Nurmat Satiniyazovich Otabekov Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisiga birinchi o‘rinbosar etib tayinlandi.

Nurmat Otabekov bungacha Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti direktori, Respublika OITSga qarshi kurash markazi direktori kabi lavozimlarda ishlagan.

Shuningdek, Botirjon Qurbonov va Qobiljon Hayitov xizmatning qo‘mitaga aylangani munosabati bilan qo‘mita raisi o‘rinbosarlari lavozimiga qayta tayinladi.

Tayinlanganlarning barchasi 2020-yil oktabr oyidan buyon Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘ining o‘rinbosarlari sifatida ishlab kelayotgandi.